O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


KURS ISHINING TAQDIMOTINI TAYYORLASH VA



Yüklə 208,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix02.12.2023
ölçüsü208,2 Kb.
#171056
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
korporativ boshqaruv

 
KURS ISHINING TAQDIMOTINI TAYYORLASH VA
HIMOYASI 
Kurs ishini yakunlovchi bosqichida unga ijobiy taqriz berilib ish himoyaga 
tavsiya qilingandan so„ng talaba kurs ishi himoyasi uchun ish bo„yicha taqdimot 
tayyorlaydi.
Yaxshi tayyorlangan taqdimot himoyaning ijobiy o„tishining 50 % ini 
ta‟minlaydi. Shuning uchun kafedra tomonidan talabalarga taqdimotni 
tayyorlashdagi asosiy talablar yetkazilishi kerak.
Kurs ishining taqdimotida quyidagilar bo„lishi kerak: 

mavzuning nomi; 

mavzuning dolzarbligi; 

kurs ishining maqsadi va vazifalari; 

tadqiqot obyektining qisqacha tavsifi; 

kurs ishining qichqacha mazmuni; 

kurs ishini bajarish davomida olingan asosiy natijalar;


13 

kurs iishida qo„llanilgan metod va metodologiyalar; 

jadvallar, grafiklar, sxemalar, diagrammalar; 

xulosalar. 
Kurs ishi himoyasi muvaffaqiyatli o„tishi talabaning o„z fikrlarini aniq va 
ravshan, tushunarli va ravon ifoda etishi, tayyorlangan materiallarning sifati hamda 
ularni 
ishtirokchilarga 
yetkazib 
berish 
bilan 
belgilanadi. 
Kurs 
ishi
videoproyektorda taqdim etiladi. 
Taqdimot materiallar 12-15 slaydlardan oshmasligi kerak. Slaydlar 
raqamlangan bo

lishi keark. Bu esa taqdimotning yakunida ishtirok etuvchilarning 
savollar berishlarida slaydlarning raqami bilan bog

lashlari uchun qulaylik 
yaratadi.
Birinchi slayd titul hisoblanib, titul slaydida kurs ishining tituli aks ettiriladi. 
Keyingi slaydlarda ishning dolzarbligi, ishning maqsad va vazifalari va boshqa 
materiallarni kiritish mumkin.
Kurs ishini topshiruvchi talabaning taqdimoti 10-15 daqiqa davomida 
tinglanadi. Taqdimotdan so„ng kurs ishi rahbarining taqrizi o„qib eshittiriladi. 
Hay‟at a‟zolari tomonidan berilgan savollarga talaba aniq va tushunarli qilib javob 
berishi lozim. Rahbar taqrizi bo„yicha noroziliklar bo„lsa himoyachi kamchiliklar 
to„g„rilanganligi to„g„risida gapirib o„tishi lozim. 
Kurs shi himoyasi davomida talabaga berilishi mumkin bo„lgan savollar 
mavzuga taalluqli bo„lib, olib borilgan tadqiqotlar hamda ularning natijalariga 
bog„liq bo„ladi. Savollar soni taqdimotning mazmuni va sifatiga bog„liq bo„ladi. 
Komissiya a‟zolariga talabaning bergan javoblari aniq va asosli bo„lishi kerak. 

Yüklə 208,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin