O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 208,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix02.12.2023
ölçüsü208,2 Kb.
#171056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
korporativ boshqaruv

 
 
Kurs ishidagi bo‘lim va paragraflar quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Bo„limlar 
“MUNDARIJA”, “KIRISH”, “XULOSA”, “ASOSIY QISM”,
“FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI”
kabi nomlanadi. Bo„lim 
nomlari qoraytirilgan katta harflar bilan satr o„rtasiga 14 shriftda yoziladi. Bo„lim 
ichidagi nomlanishlar xatboshidan kichik xarflar bilan kursivda yoziladi. 
Sarlavhalarni yozishda bo„g„in ko„chirishga ruxsat berilmaydi. Sarlavha oxirida 
nuqta qo„yilmaydi. Sarlavhani tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi. Kirish, 
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlari raqamlanmaydi. Paragraflar butun 
kurs ishi bo„yicha arab raqamlari bilan belgilanadi. Har bir paragraf yangi 
sahifadan yozilishi lozim.
Kurs ishidagi 
jadval 
va 
grafik 
ma’lumotlar quyidagi tartibda 
rasmiylashtiriladi: 
Kurs ishini tayyorlashda umumiy qoidalardan tashqari hisob-
kitoblar va statistik jadvallarni to„g„ri va asosli ishlanganligiga ham e‟tiborni 
qaratish lozim. Har bir hisob-kitobda tushuntirishlar asoslangan holda berilishi 
lozim. Jadval, diagramma yoki chizmalarning manbalari va nomi ko„rsatilishi 
bilan birga, jadvaldan so„ng albatta jadvaldagi ma‟lumotlarga tahliliy fiklar 
keltirilishi lozim bo„ladi. Har bir jadval, diagramma yoki chizmalar a‟lohida tartib 
bilan belgilab boriladi. Jumladan, jadval ma‟lumotlari jadvalning yuqori o„ng 
tomonidan raqamlanib keyingi satr markaziga jadval nomi yoziladi va jadvaldan 
so„ng uning manbai ko„rsatiladi.
Kurs ishidagi illyustratsiyalar quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
Illyustratsiya (grafik, chizma, diagramma, fotosurat)lar ko„rish uchun qulay tarzda 
joylashtirilishi kerak. Illyustratsiyalar nomlangan bo„lishi va zarur hollarda kurs 
ishi matnida tegishli paragrafida izoh beruvchi ma‟lumotlar bayon etiladi hamda 


10 
bayon etilgan joyning tugallangan nuqtasida tegishli illyustratsiyaning raqami 
ko„rsatiladi. Illyustratsiyaning nomi uning ostiga yoziladi. Illyustratsiyaning turiga 
ko„ra (grafik, chizma, rasm, diagramma, fotosurat) ketma-ketlikda arab raqamlari 
bilan belgilanadi. Masalan, 1.1-grafik, 2.1-chizma, 3.1-rasm, 1.2-diagramma,
2.2-fotosurat kabi belgilanadi. 
Formula va tengliklarning rasmiylashtirish tartibi quyidagicha amalga 
oshiriladi: 
– matndagi
 
formulalar puxta va aniq yozilgan bo„lishi shart. Katta va kichik 
harflar, yuqori va pastki indekslar formulada aniq berilishi kerak. Formula uchun 
belgilarning o„lchami quyidagicha belgilanadi: katta harflar va raqamlar 5-6 mm, 
kichik harflar 3 mm, daraja ko„rsatkichlari va indekslari 2 mm dan kam bo„lmasligi 
tavsiya etiladi. 
– simvollarning ma‟nolari bevosita formula ostida ularning formuladagi 
ketma-ketligi bo„yicha beriladi. Har bir simvolning ma‟nosini yangi qatordan 
berish lozim. Berilgan ma‟nolarning birinchi qatorida "bu yerda" so„zi yoziladi va 
undan keyin ikki nuqta qo„yiladi. 
– tenglama va formulalar matndan alohida bo„sh qatorlar bilan ajratib 
yoziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlarida kamida bir satrdan joy 
qoldirish kerak. Agar tenglama bitta qatorga sig„masa, sig„magan qism tenglik 
belgisi (=) dan yoki qo„shish (+), ayirish (–), ko‟paytirish
(x),
bo„lish (: yoki /) 
belgilaridan keyin ko„chirilishi kerak. 
Kurs ishidagi formulalar (agar ular bittadan ko„p bo„lsa) paragraf doirasida 
arab raqamlari bilan belgilanadi. Formula raqami paragraf raqami va formulaning 
paragrafdagi tartib raqamidan tashkil topib, o„zaro nuqta bilan ajratiladi. Formula 
raqami betning o„ng tomonida formula bilan bir qatorda qavslar bilan ko„rsatiladi. 
Masalan, (1.1.), (2.2.), (3.7). 
Havolalar

quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Matndagi manbalarga
 
havolalarni manbaning «Foydalanilgan adabiyotlar 
ro„yxati» bo„yicha tartib raqamini kvadrat qavslarda ko„rsatish yoki satr osti 
eslatma(snoska)larida keltirish lozim. 
Matnda barcha jadvallarga havola berilishi kerak. Kurs ishida o„zgarishsiz 
foydalanilgan ma‟lumotlarning manbai ko„rsatilishi Word mant muxharriri 
menyusidan "Ссылки", keyin - "Вставить cноcку" buyrug„i orqali amalga 
oshiriladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Adabiyotlar ro„yxati kurs ishining oxirgi qismida keltiriladi va adabiyotlar 
qat‟iy tarzda quyidagi tartibda berilishi lozim. 
1.
O„zbekiston Respublikasining qonunlari. 
2.
Prezident farmonlari va hukumat qarorlari. 


11 
3.
O„zbekiston Respublikasini Prezidenti SH.Mirziyoyevning ma‟ruzalari. 
4.
O„quv adabiyotlar (darsliklar, o„quv qo„llanmalar, uslubiy qo„llanmalar), 
ilmiy ishlar (monografiya, maqola va ma‟ruza tezislar) va boshqa adabiyotlar 
alfavit tartibi bilan beriladi. 
5.
Yo„riqnomalar, turli akt materiallari va boshqalar. 
6.
Statistik to„plam materiallar, korxona hujjatlari va materiallari. 
7.
Internet saytlari. 
Adabiyotlar ro„yxatida kurs ishi jarayonida foydalanilgan barcha 
ma‟lumotlarning manbalari ko„rsatilishi lozim.
Zarur hollarda adabiyotlar keltirilgan sitatalarning manbai albatta o„sha 
betda ko„rsatilishi, shu jumladan jadval yoki sxema manbai ham o„sha betda 
ko„rsatib borilishi lozim. Agar jadval yoki chizma muallif tomonidan tayyorlangan 
bo„lsa, qaysi manbadan foydalanib muallif tayyorlanganligi ham ta‟kidlab o„tiladi. 
Kurs ishini bajaruvchi talaba ish jarayonida ko„rib chiqqan, lekin kurs ishi 
uchun ishlatilmagan maxsus materiallar ko„rsatilmaydi. 
Ilovalar
 
quyidagicha rasmiylashtiriladi:
– ilovalar ketma-ketligi tartibi kurs ishida ularga murojaat qilish tartibiga 
mos kelishi va foydalanish qulayligini ta‟minlashi kerak.
– har bir

Yüklə 208,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin