O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 208,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix02.12.2023
ölçüsü208,2 Kb.
#171056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
korporativ boshqaruv

 
 
 
 
 

Toshkent davlat texnika unversiteti, 2020. 



KIRISH 
Zamonaviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo„lishi, nazariy 
bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog„lay olishi va o„z tanlagan sohasi bo„yicha 
haqiqiy bilimdon bo„lishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o„z ustida tinmay 
ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishni, ishlab 
chiqarish iqtisodiyoti, uni oqilona tashkil etish va boshqarish ko„nikmalarini 
chuqur o„zlashtirishni talab qiladi. 
Kurs ishida talabaning oliy o„quv yurtida o„qish davomida to„plagan nazariy 
va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish 
darajasi, uning olgan bilimlari va ko„nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini 
yechishga qay darajada qo„llay olishi namoyon bo„ladi. Kurs ishini bajarish 
talabadan olingan nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishni talab etadi, 
talabaning o„qish davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, chuqurlashtirishga 
va mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo„llashga imkon beradi. 
Uslubiy ko„rsatmalar Oliy ta‟limning bakalavriat 200 000 –Ijtimoiy soha, 
iqtisod va huquq sohasidagi 5231900 – Korporativ boshqaruv ta‟lim yo„nalishining 
talabalari «Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot» fanidan kurs 
ishini bajarishda foydalanish uchun mo„ljallangan. 
KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI 
Kurs ishining maqsadi – talaba o„qish davri mobaynida olgan nazariy 
bilimlarini va amaliy darslardagi egallagan ko„nikmalarini hamda amaliyotda 
o„rgangan malakalarini mustahkamlashdan iborat bo„lib talabani o„z ixtisosligi 
bo„yicha mehnat faoliyati uchun tayyorgarlik darajasini kuchaytirishga qaratilgan 
mustaqil bajariladigan ilmiy izlanish ishi hisoblanadi. 
Kurs ishi bakalavriatning mazkur yo„nalishiga davlat ta‟lim standartida
qo„yilgan talablarga, mamlakatimiz hukumatining olib borayotgan iqtisodiy 
islohotlar mazmuniga, korporativ boshqaruv joriy etilgan ob‟yektlarning 
rivojlanish istiqbollariga mos kelishi maqsadga muvofiqdir.
Kurs ishini bajarish quyidagi vazifalarni bajarish ko„zda tutiladi: 
- talabalarning ta‟lim yo„nalishi bo„yicha olgan nazariy va amaliy 
bilimlarni umumlashtirish, tizimga keltirish, mustahkamlash va kengaytirish, 
olingan bilimlarni aniq ilmiy, texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va 
biznes vazifalarini hal etishda qo„llash; 
- talabalarda mustaqil ishlash ko„nikmalarini rivojlantirish, yechim talab 
etadigan muammo va masalalarni tadqiq etish usullarini egallashga va tadqiqot 
o„tkazishga imkon yaratish;



- ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo„yilish 
jarayonidan boshlab, uni to„la nixoyasiga yetkazish bo„yicha qaror qabul qilishda 
bo„lgan mas‟uliyatni his etishga o„rgatish; 
- zamonaviy ishlab chiqarish va biznes, iqtisodiyot, texnika va 
madaniyatining 
rivojlanishi 
sharoitida 
talabalarni 
mustaqil 
ishlashga 
tayyorgarligini aniqlash. 
Kurs ishini bajarish jarayonida korporativ boshqaruv jarayonlaridagi 
muayyan shart-sharoitlardagi mavjud kamchiliklar va muammolarning kelib 
chiqish sabablarini ochib berishi muhimdir.

Yüklə 208,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin