O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


KURS ISHLARINING MAVZUSINI TANLASH



Yüklə 208,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix02.12.2023
ölçüsü208,2 Kb.
#171056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
korporativ boshqaruv

 
KURS ISHLARINING MAVZUSINI TANLASH 
Kurs ishlari muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas‟uliyatli 
vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo„yiladigan 
umumiy talab – ularning dolzarbligi, ishlab chiqarish ehtiyojlari va muammolari 
bilan bog„liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari va sanoatni rivojlanish 
tendensiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.
Kurs ishi mavzusi keng qamrovli nazariy va amaliy xususiyatga ega bo„lishi, 
sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishning eng muhim vazifalarini qamrab olishi 
va ilmiy-ishlab chiqarish yo„nalishida tadqiqotlar olib borishni nazarda tutishi 
lozim. Kurs ish mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, biznes, 
ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalar, fan, ta‟lim va madaniyatning istiqboliy 
rivojlanishini aks ettirishi kerak. 
Mavzuning dolzarbligini asoslashda ushbu masala ustida tadqiqotlar olib 
borish nima uchun zarurligini, ishlab chiqarish bilan bog„liq qanday muammolar 
bunga sabab bo„lganini va tadqiqot yakunlari bo„yicha erishilajak natijalar 
muammoni yechishga qanday ta‟sir ko„rsatishini aniq bayon etib berish lozim.
Kurs ishlari mavzulari ixtisoslashgan kafedralar tomonidan belgilanadi va har 
o„quv yilida yangilab turilishi tavsiya etiladi.
Talabaga kurs ishi mavzusini tanlash huquqi beriladi. Mavzuni tanlash 
jarayonida talabalarga kurs ishi rahbari yordam berishi maqsadga muvofiq. 
Mavzuni tanlash jarayonida rahbar tavsiya etilayotgan mavzular ro„yxatini berish 
bilan cheklanib qolmay, balki tanlanadigan mavzuni mohiyati va ochib berish 
imkoniyatlari bilan hamda ma‟lumotlar manbalari bilan talabani tanishtirishi 
maqsadga muvofiq.
Kurs ishi mavzusini tanlashda rahbar va talaba quyidagilarga e‟tibor berishi 
lozim: 
1.
Kurs ishini yozish jarayonida mavzuni chuqur o„rganish va tajriba oshirish 
imkoniyati mavjudligi. 
2.
Talabaning ilmiy-amaliy izlanishga qobiliyatliligi. 



3.
Kurs 
ishini 
bajarish 
uchun 
ma‟lumotlar, yo„riqnomalar bilan 
ta‟minlanganlik darajasi. 
Kurs ishlari mavzusining yillik ro„yxati kurs boshida e‟lon qilinadi. Kurs ishi 
mavzusi rahbarning taqdimnomasi bo„yicha kafedra ilmiy kengashida muhokama 
qilinib tasdiqlanadi . 

Yüklə 208,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin