MAVZU. Statistika
f
ani
g
a kirish. Statistika
f
anini pred
m
eti va uslubi
Reja:
1.1.Statistika tо‘g‘risida umumiy tushuncha.
1.2.Statistika fani predmeti va uning о‘ziga xos xususiyatlari.
1.3.Statistika fani asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
1.4.Statistika
fani
uslubiyati.
1.5.Bozor iqtisodiyoti sharoitida statistikaning tutgan о‘rni va ahamiyati.
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26
Tayanch
iboralar:
Statistika,
amaliy
faoliyat
sohasi,
raqamlarda
ifodalangan
ma’lumot
(axborot),
statistik
tadqiqot
uslubiyati,
tasviriy
va
induktiv
statistika.
«Statistika» atamasi lotincha «Status» sо‘zidan olingan bо‘lib, hodisalarning
holati ahvoli degan ma’noni bildiradi.
Ctatistikaning fan sifatida shakllanishidagi asosiy yо‘nalishlar:
-
Tasviriy maktab - G.Konring (1606-1681) va G.Axenval (1719-1772)
(Germaniya). Davlat holatini ta’riflash, tasvirlash yoki rо‘yxatga olish. Asosiy
maqsad boshqaruvchi sinf vakillarini boshqaruv usullari
va davlatlarning boyligi
bilan tanishtirishdan iborat edi.
-
«Siyosiy arifmetika» - U.Petti (1623-1687) va Jon Graunt (1620-
1674) (Angliya). Ularning ishlarida demografik va iqtisodiy statistik masalalarga
alohida e’tibor berilgan. Asosiy xatosi - ular kichik tо‘plamlarni о‘rganib, ma’lum
bir xulosaga kelganlar.
- «Sotsial fizika» yо‘nalishi. XIX asrning birinchi yarmi. Asoschisi A.Ketle
(1796-1874). Asosiy maqsad ijtimoiy qonunlarni miqdoriy usullar yordamida
о‘rganishdir.
Statistikaning о‘rganish obyekti insoniyat hayotida rо‘y
beradigan
barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va
hodisalarni miqdoriy tomonlarini о‘rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning
rivojlanshi qonuniyatlarini о‘rgatuvchi metodlar yig‘indisidir.
Statistika predmetining asosiy xususiyatlari:
-
statistika
alohida hodisalarni emas, balki ommaviy ijtimoiy
hodisalarni о‘rganadi.
-
statistika ommaviy hodisalarning miqdoriy tomonlarini о‘rganadi.
-
statistika hodisalarni aniq sharoit va vaqt ichida о‘rganadi. Hodisalar
makonda farqlanadi va vaqt bо‘yicha bо‘yicha о‘zgaradi.
-
statistika
ijtimoiy
hodisalarning
tarkibini
tavsiflab
beradi.
Hodisalarning tarkibi ommaviy hodisalarning ichki tuzilishidir.
-
statistika hodisa va jarayonlarning vaqt davomida о‘zgarishini, ya’ni
dinamikasini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Statistikaning asosiy tushunchalari.
Statistik tо‘plam - muayyan bog‘lanishda bir xil sifatga ega bо‘lgan
hodisalar,
elementlar, birliklar, dalillar tо‘plamidir. Statistik tо‘plamdagi alohida
element statistik tо‘plam birligi deyiladi.
Statistik birliklar umumiy va alohida belgilarga ega.
Umumiy va
alohida belgilar о‘zaro qо‘shilib ijtimoiy hodisalar natijalarining turlicha
bо‘lishiga, ya’ni variatsiyalashuviga olib keladi. Bunday belgilar variatsion, ya’ni
о‘zgaruvchan belgilar deb ataladi.
Statistika ommaviy ijtimoiy hodisalarni mana
shu variatsion belgilar
asosida о‘rganib, ularning rivojlanish qonuniyatini belgilab beradi.
Qonun bu ikki hodisa о‘rtasidagi ichki va zaruriy bog‘lanishdir. Qonun
hodisalardagi muhim, umumiy, zaruriy takrorlanadigan bog‘lanishlarni ifoda etadi.
Qonuniyat deyilganda kо‘pincha hodisalardagi takrorlanish,
ketma-
ketlik, izchillik va tartib tushuniladi.
Faqat alohida hodisalarda rо‘y beradigan qonuniyatlar dinamik
qonuniyatlar
deb, ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yо‘li bilan
aniqlanadigan qonuniyatlar esa statistik qonuniyatlar deyiladi.
Har qanday fan о‘z obyektiini ma’lum usullar yordamida о‘rganadi. Barcha
fanlar uchun umumiy usul – dialektik usuldir.
Chunki bu usul ijtimoiy
hodisalarning rivojlanish jarayonida о‘zaro bog‘langan holda о‘rganishni taqozo
etadi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Oddiy hisob-kitoblar haqida nimani bilasiz.?
2. Statistika fan sifatida qachon va qaerda paydo bo’lgan.?
3. Siyosiy arifmetikchilarning statistika fanini rivojlantirishdagi tutgan o’rni
qanday.?
4. Tasviriy maktab namoyondalari kimlar.?
5. Statistika so’zini birinchi bo’lib kim qo’llagan va u nimani bildiradi.?
6. A.Ketlening xizmati nimada.?
7. Statistikadagi matematik oqim namoyondalari kimlar.?
8. Statistikaning rivojlanishiga rus olimlarining qo’shgan hissasini aytib
beringchi.?
9. Statistika deganda nimani tushunamiz.?
10. Statistika bu fanmi yoki metodmi.?