Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti amaliyot hisoboti



Yüklə 237,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix02.12.2023
ölçüsü237,05 Kb.
#171150
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzu neft va gaz sanoati (1)

Ishqor bilan tozalash
. Bu usulda birlamchi haydashdan va termik 
krekingdan olingan benzinlar ishqor bilan tozalanadi. Ishlatilgan ishqor vaqt-vaqti 
bilan almashtirilib turiladi. Benzin, kerosin va dizel fraksiyalari kaustik yoki 
kalsinirlangan sodaning suvdagi eritmasi bilan ishlanadi. Benzinga ishqor bilan 
ishlov berilganda undan vodorod sulfid va qisman merkaptanlar ketadi, kerosin va 
dizel yonilg‘ilar esa naften kislotalardan tozalanadi. Yonilg‘ilar tarkibidagi naften 
kislota ishqor bilan tozalanganda ularning tuzlari hosil bo‘ladi: RCООН+NаОН = 
RCООNа+Н2О Hosil bo‘lgan tuzlar kerosinda erimaydi, lekin suvda yaxshi eriydi, 
shuning uchun ular ishqor qavatiga o‘tadi. Tozalanishi kerak bo‘lgan fraksiyaning 
molekular og‘irligi qancha katta bo‘lsa, ishqor bilan tozalash jarayoni shuncha 
yuqori haroratda olib boriladi. Masalan, benzin isitilmaydi, dizel yonilg‘isi esa 
tozalashdan oldin 90°C÷95°C gacha isitiladi. Ishqorning sarflanishi neft 
mahsulotlardagi naften kislotalarning miqdoriga bog‘liqdir. 
Kislota-ishqor bilan tozalash
. Bu jarayonda mahsulotga kislota bilan ishlov 
berilib, ishqor bilan neytrallanadi. Kislota-ishqor bilan tozalanganda to‘yinmagan 
uglevodorodlar va smolalar yo‘qotiladi. Tozalash 1.6-rasmdagi sxema bo‘yicha 


olib boriladi. Tozalanishi kerak bo‘lgan benzin 1/3 balandligi ishqor bilan 
to‘ldirilgan kolonnaga haydaladi. 
 
2. rasm. Benzinni ishqor bilan tozalash sxemasi: 1–sovitgich; 2–nasos; 3–
injektor; 4–tindirgich; 5–tozalangan benzin. 
Benzin o‘tayotgan trubaga injektor o‘rnatilgan bo‘lib, undan benzin 
o‘tayotganda o‘zi bilan kolonnadagi ishqorni olib ketadi. Aralashma kolonnaning 
tag qismiga beriladi. Solishtirma og‘irligi katta bo‘lgan ishqor kolonnaning pastki 
qismiga tushadi, benzin esa ishqor orasidan yuqoriga ko‘tariladi. Dizel 
yonilg‘ilarning qotish haroratini pasaytirish uchun parafindan tozalash 
(deparafinlash) usulidan qo‘llaniladi. Bunda mahsulot karbamid bilan kompleks 
hosil qiladi va ajratiladi. Katalitik kreking jarayonida olingan benzinlarning sifatini 
yaxshilash uchun alyumosilikat katalizatorlari ishtirokida foydalaniladi. Bu usulda 
to‘yinmagan uglevodorodlar miqdori kamayadi va izomer parafin uglevodorodlar 
miqdori oshadi. Neftning og‘ir qoldig‘i tarkibidagi oltingugurt miqdorini 
kamaytirib, sifatini yaxshilash uchun vodorod ishtirokida oltingugurtdan tozalanadi. 
Masalan, tarkibida 1,0÷1,3% oltingugurt bo‘lgan dizel distillyatlari tozalangandan 
so‘ng, tayyor mahsulotdagi oltingugurt miqdori 0,02÷0,06% dan oshmaydi va 
97÷98% kimyoviy barqaror yonilg‘i olinadi. Moyli distillyatlarning ishlatilish 
xususiyatini yaxshilash uchun tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi. 
Ma’lumki, neftdan olinadigan moy fraksiyalarining tarkibi parafinlardan, 
naftenlardan va aromatik uglevodorodlardan iboratdir. Bular bilan birga har xil 
chiqindilar - smolasimon birikmalar ham bor. Neft moylari har xil sharoitda 
ishlaydi. Moylarning sifatiga qo‘yiladigan talablardan biri – moylar issiq va sovuq 
sharoitlarda o‘z qovushqoqligini o‘zgartirmasligidir. Parafin uglevodorodlar issiq 
sharoitida o‘zlarining qovushqoqligini pasaytiradi, sovuq sharoitda esa, kristallana 


boshlaydi. Aromatik uglevodrodlar ham past haroratda amorf holatga o‘tadi. Bular 
moylarning sifatini yomonlashishiga olib keladi. Naften uglevodrodlar esa, o‘z 
qovushqoqligini kam o‘zgartiradi. Shu sababli neft fraksiyalaridan sifatli moylar 
olish uchun fraksiyalar tarkibidagi yuqori molekulali qattiq aromatik va parafin 
uglevodorodlardan tozalanadi.
Moylarni tozalashda bir necha usul ketma-ket ishlatilishi mumkin. Selektiv 
tozalash usulining 2 xil yo‘nalishi mavjud: 1) moy tarkibidagi har xil kerakmas 
aralashmalar erituvchilar bilan reaksiyaga kirishib tozalanadi; 2) moyning asosiy 
qismi ajralib chiqadi va uning sifatini yomonlashtiruvchi aralashmalar esa qoladi. 
Bunday ishlanganda mahsulot ikki qavatga ajraladi. Birinchi qavatda erituvchi 
bilan tozalanuvchi moy aralashmasi, ikkinchi qavatda esa moydan chiqarib 
yuboriluvchi zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Olingan qatlamlar ajratilgach
erituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi. Birinchi usulda erituvchi aralashmalar, 
ikkinchi usulda esa uglevodorodli moylar haydaladi. Selektiv erituvchilar sifatida 
suyuq propan, fenol, furfurol kabi organik birikmalardan foydalaniladi. Selektiv 
tozalashda olingan mahsulotlarning xossalari va miqdori ko‘p jihatdan 
xomashyoning tarkibiga, erituvchining miqdoriga hamda sarfiga, haroratiga va 
ishlov berishning davom etish vaqtiga bog‘liq. Qotish harorati past bo‘lgan qishki 
sort motor moylarini olish uchun, mahsulot selektiv tozalangandan so‘ng 
deparafinlanadi, ya’ni suyuqlik harorati – 20°C dan yuqori bo‘lgan qattiq 
parafinlardan tozalanadi. Deparafinlash uchun qotish harorati past bo‘lgan atseton, 
dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalar ishlatiladi. Moy erituvchi bilan 
birgalikda kerakli haroratgacha sovitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi
erituvchi esa moyda haydaladi. Neft moylarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash 
maqsadida maxsus moddalar, shu jumladan, qo‘shilmalardan (moy xossalarini 
yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan har xil moddalardan) foydalanilad

Yüklə 237,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin