Guruh: silxkm 70-22



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#171311
1   2   3   4   5   6   7   8
metod

Osiyo taraqqiyot banki
— xalqaro mintaqaviy bank. Bankni tuzish haqidagi 
bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 
1962-yil 22-
avgustda
kuchga kirgan. OTB tarkibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy 
masalalar boʻyicha Osiyo—Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina 
kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61 mamlakat aʼzo. Bank faoliyatining asosiy 
maq-sadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi 
savdosiga koʻmaklashishi, moli-yaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish. Bank 
xususiy sektorni ri-vojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini 
saqlashga alohida eʼtibor qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 yilda 9,2 mlrd. dollar 
odatdagi kredit va 4,2 mlrd. dollar maxsus fond krediti berilgan. OTBning nizom 
jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng . Bankning har qanday qarorini 
hamkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. 
Ularning har biri nizom jamgʻarmasining 15,9% miqdorida ulushga ega. 
Shuningdek, bank huzurida 2 maxsus fond faoliyat koʻrsatadi — Osiyo taraqqiyot 
fondi va Texnika yordami maxsus fondi. Bankka rivojlangan davlatlarning taʼsiri 
katta: mablagʻlarning 50% ularga tegishli. Shtab kvartirasi Manila (Filippin)da. Oliy 
organi — Boshqaruvchilar kengashi. Yaponiya vakili hamisha bank prezidenti 


boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Respublikaning 
ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. hozirgi paytda 
Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng 
boʻlgan 13 ta loyixa amalga oshirilgan.
Respublikada bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni 
rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo 
muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan choratadbirlar natijasida, 
2023- yil yanvar-avgust oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda 
TSA) 40,0 mlrd. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-avgust oylariga 
nisbatan 
7,5 
mlrd. 
AQSH 
dollariga 
yoki 
23,2% 
ga 
ko‘paydi.


Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko’ra, yanvar-sentabrda asosiy 
kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘yicha Toshkent shahri birinchi o‘rinda 
turibdi – 97,6 foiz (41,1 trln so‘m). 
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 102,4 foiz (23 trln so‘m) hamda 98,5 foiz 
(15,8 trln so‘m) o‘zlashtirilgan investitsiyalar bilan Toshkent viloyati va Buxoro 
viloyati joy oldi. 
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi: 

Samarqand viloyati – 122,5 foiz (15,6 trln so‘m);

Navoiy viloyati – 105,9 foiz (13 trln so‘m);

Qashqadaryo viloyati – 96,0 foiz (11,7 trln so‘m); 

Farg‘ona viloyati – 112,4 foiz (10,7 trln so‘m);

Namangan viloyati – 102,0 foiz (10,3 trln so‘m);

Andijon viloyati – 114,6 foiz (9,7 trln so‘m);



Sirdaryo viloyati – 127,6 foiz (8,5 trln so‘m);

Surxondaryo viloyati – 100,6 foiz (8,5 trln so‘m);

Jizzax viloyati – 106,9 foiz (7,5 trln so‘m); 

Qoraqalpog‘iston R. – 118,9 foiz (7,1 trln so‘m);

Xorazm viloyati – 108,7 foiz (6,8 trln so‘m).





Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin