Muammoni yechish usullari
So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston jadal iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan
kechirdi va xalqaro hamjamiyatda biznes va investitsiyalar
uchun turli xil
to‘siqlarini bartaraf etishda ochiqlik, yangilanish va qatʼiyatlilik ramzlaridan biri
sifatida tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasining
"Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini samarali ijro etilishi
uchun investorlar bilan Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi, hokimliklar,
xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va tijorat banklari rahbarlari o‘rinbosarlaridan
iborat bo‘lgan davlat hokimiyat organlari hamkorligining 4 bosqichli mexanizmi
muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu mexanizm investorlarning barcha
so‘rovlariga tezkor javob qaytarish va qonunda nazarda
tutilgan chora-tadbirlar
amalga oshirilishining samaradorligini kerakli tarzda nazorat qilish imkonini beradi.
Shu nuqtai nazardan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan
tuzilgan, Respublikada faoliyat yuritayotgan investorlar bilan bevosita muloqotni
taʼminlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar
kengashining rolini taʼkidlash muhim ahamiyatga ega.
Xalqaro hakamlik sudlari institutining rivojlanishi ham faol qo‘llab-
quvvatlanmoqda. O‘z
navbatida, bu mamlakat investitsiya muhitining muhim va
tizim tashkil etuvchi tarkibiy qismi bo‘lgan qonun ustuvorligini hamda davlat va
mahalliy investorlar zimmasidagi majburiyatlarning to‘g‘ri bajarilishini taʼminlaydi.
Shu bilan birga, jahon amaliyoti va tajribasi shuni ko‘rsatadiki, biznesning
investitsiya va innovatsion faoliyatiga to‘sqinlik
qilayotgan muammolarni endi
oddiy vositalar bilan, yaʼni imtiyozlar berish yoki yangi deklarativ meʼyorlarni nashr
etish bilan hal qilishning imkoni yo‘q.
Xususiy investitsiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini
erkinlashtirish talab etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlarni aniqlash va yengib o‘tish bo‘yicha
astoydil ish olib borish kerak. Shu munosabat bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
faol ish olib borilmoqda.
Birinchidan, iqtisodiy o‘sishning bir maromdagi yuqori va barqaror surʼatlarini
saqlab qolish uchun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va raqobatbardosh, bank
tizimi aktivlarining katta qismi xususiy investorlar qo‘lida bo‘lgan modelini
shakllantirish zarur.
Ikkinchidan, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish
va barqaror iqtisodiy
o‘sishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan infratuzilmaga yo‘naltirilgan
investitsiyalarining jadal o‘sishini taʼminlash maqsadida davlat-xususiy sheriklik va
loyihalarni moliyalashtirish vositalarini rivojlantirish orqali investitsiyaviy
faoliyatni rag‘batlantirish ham faol tarzda olib borilmoqda.
Uchinchidan, raqamlashtirish va davlat xizmatlarini masofaviy taqdim etish
orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishda byurokratik to‘siqlar va
cheklovlarni to‘liq bartaraf etish uchun investorlar va davlat o‘rtasidagi
munosabatlar optimallashtirilmoqda. Shaffoflikni maksimal darajada taʼminlash va
korrupsiyaning oldini olish uchun xorijiy investorlarning murojaatlari va so‘rovlari
bilan ishlashni tashkil etish sifati yaxshilanmoqda.
To‘rtinchidan, ish kuchi va kapitalning iqtisodiyotning qonuniy sektorlaridan
yashirin iqtisodiyotga oqib ketishiga olib keladigan
tranzaksiya xarajatlarining
kamayishi kuzatilmoqda.
Beshinchidan, kelgusida texnologik yutuqlarga erishish nuqtasiga aylanishi va
keyingi 20-30 yil davomida mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlanishi
uchun zamin yaratishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning eng istiqbolli sohalariga
yo‘naltirilgan investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqilmoqda.
Investitsiya muhiti mamlakatdagi barcha faoliyat sohalariga taʼsir ko‘rsatishini
inobatga olgan holda, islohotlar ko‘lami
iqtisodiy, institutsional, taʼlim, sog‘liqni
saqlash, qishloq xo‘jaligi, suv taʼminoti, energetika, transport va boshqa
yo‘nalishlarni qamrab oldi.
Shuningdek, tadbirkorlarni va investitsiya loyihalari
tashabbuskorlarini amaliy qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu
yo‘nalishdagi eng yorqin misol - bu 2020 yilda tuzilgan eksport va investitsiyalarni
rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyati bo‘lib, uning
vazifalariga tadbirkorlar va eksportchilar bilan yaqin hamkorlik qilish, pandemiya
tufayli yuzaga kelgan cheklovlar bilan bog‘liq muammolarni taxlil qilish,
shuningdek, har bir tadbirkorlik subyektining muammosini hal qilishda individual
yondashuv asosida tezkor va samarali yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
kiradi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha Komissiya aʼzolarining joylarga chiqqan holda
olib borgan faoliyati natijasida 98 mingdan ortiq korxonalar faoliyati manzilli
tartibda o‘rganildi va natijada 5902 ta korxonalarning 6235 ta muammoli masalalari
aniqlandi. Muammolarning
har biri tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari,
mahalliy hokimiyat organlari va Respublikaning xorijdagi diplomatik
vakolatxonalari bilan yaqin hamkorlikda hal etildi.
Dostları ilə paylaş: