2-kichik bo‘lim ShAXSLAR 3-BOB FUQAROLAR (JISMONIY ShAXSLAR) 16-modda. Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa
davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning qoidalari
barcha fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8 , 24-moddalari , mazkur Kodeksning 17 , 1168, 1169-moddalari . 17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati)
teng ravishda e’tirof etiladi.
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi
bilan tugaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 18 , 41 , 1169 va 1176-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 41-moddasi . 18-modda. Fuqarolar huquq layoqatining mazmuni Fuqarolar:
mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat
qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi
bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma
mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda
ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash
joyini tanlashlari; fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan
boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53 — 61-moddalari , mazkur Kodeksning 17 , 99 , 164 , 1033 va 1051-moddalari .