1-laboratoriya ishi. Mavzu: Taqdimot (slayd) ishlab chiqish



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix02.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#171365
  1   2   3   4
TAT 1-laboratoriya



1-laboratoriya ishi. 
Mavzu: Taqdimot (slayd) ishlab chiqish. 
 
Ishning maqsadi: MS Power Point amaliy dasturi muhitida taqdimot 
tayyorlashni o‘rganish. 
Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha 
Har qanday mutaxassis o’zining ish faoliyati davomida ish rejalari va taklif 
etayotgan mahsulotlari haqida so’zlab berish uchun ma’ruza qilishga to’g’ri keladi. 
Bunday vaqtlarda u ma’ruzani 
tez
,
yaxshi

sifatli

tushunarli
va 
chiroyli
qilib 
tayyorlashi zarur bo’ladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun u qanday dasturiy 
ta’minot turlaridan foydalanish mumkin degan savol tug’iladi. Matn muxarriri uning 
barcha muammolarini xal qilib bera oladimi? Bir necha xil dasturlardan foydalanish 
va ularning natijalarini umumlashtirish tezda kerakli yechimga olib kelishi 
mumkinmi? Bu muammoni yechishda, ya’ni chiroyli taqdimot tayyorlashda eng 
samarali va universal vositalardan biri - bu
Microsoft Office
ilovasidagi – 
Power
Point 
ADPdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U grafik axborotlar, slaydlar
ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish 
imkonini beradi. Bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. 
Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radio reklamalar 
sizga ma’lum. SHK - reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga 
aylandi. 
Prezentatsiyalarni tayyorlash natijasida: 

qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat; 

kadoskopda foydalanish uchun kalьkalar

slaydoskoplarda 
foydalanish 
uchun 
35-millimetrli 
slaydlar; 

cho’ntak daftarchasi; 

elektron prezentatsiyalarni olish mumkin. 
Power Point ADP 1987 yildan boshlab paydo bo’lgan bo’lsa ham, ammo 
prezentatsiyalarni yaratishda yetakchi o’rinni tutadi. Bu dasturning keyingi 
versiyalarida esa shu dasturga qo’shimcha prezentatsiyalarni qo’llashning yangi 
usullari kiritildi. 
Power Point
ADPdan foydalanayotgan har bir foydala-nuvchi hoh 
u yangi ish boshlovchi bo’lsa, hoh tajribali bo’lishidan qat’iy nazar, ushbu dasturga 
kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. 
Power Point
ADP - universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali 
grafika amaliy dasturlari tarkibiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar
animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni 
yaratish imkonini beradi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin