Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Gеograf A.G.Isachеnko

 
(1980)


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
107 
loyihalardan biri–―Orol dengazi havzasida suv zaxiralari va atrof-muhit holatini 
boshqarish‖ loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha Orolni suv bilan ta‘minlash 
ishlarini yo‗lga qo‗yish, ko‗l tizimlarini tiklash, chegaralararo suvlar miqdorini 
hisobga olish va sifatini yaxshilashga yo‗naltirilgan. Albatta, ushbu loyihalarni 
amalga oshirish Orol bo‗yidagi ijtimoiy–ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishga 
katta ko‗mak beradi. O‗zbekiston ushbu loyihalarni amalga oshirishga katta hissa 
qo‗shib kelmoqda. 
 
V.7. Insoniyat rivojini cheklovchi ekologik omillar.
So‗ngi yillarda atrof 
muhitning salbiy o‗zgarishi va demografik ko‗rsatkichlarning yomonlashuvi aholi 
salomatligiga jiddiy xavf solmoqda. Ayniqsa, nogiron, turli xil kasalliklar bilan 
tug‘ilayotgan bolalar bunga yaqqol misol bo‗la oladi.
Ishga yaroqli yoshdagi odamlarning o‗lish tendentsiyasi kun sayin oshib 
bormoqda. Oxirgi yillarda, nozoologik formaga ega bo‗lmagan kasalliklar paydo 
bo‗lmoqda. Xususan, yurak–qon tomir kasalliklari, o‗pka raki, endokrin 
patologiya, asab tizimi kabi kasalliklarning ortib borishi jiddiy muammo 
hisoblanadi. Bu faktorlar, insonlarning ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy o‗zgarishlarni 
boshdan kechirayotganligini ko‗rsatadi. Ko‗p marotaba tajribalarga tayanib shuni 
aytish kerakki, atrof-muhitdagi noqulay o‗zgarishlar: havo, suv, tuproq, iste‘mol 
mahsulotlari insonlar salomatligiga ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Atrof muhit (havo, suv, tuproq va h.k) ifloslanishining davomiyligi
keyinchalik tiklab bo‗lmas talofotlarga olib keladi.
Atrof muhit ifloslanishi butunlay bartaraf qilingan paytda ham (bu absolyut 
noreal bo‗lsa ham), kasalliklarni kamaytirish uchun ancha vaqt talab qilingan 
bo‗lar edi. Masalan, murakkab kimyoviy tarkibga ega bo‗lgan kasallikning
butkul yo‗qolib ketish davri 30-50 yil. Aynan shuning uchun, kimyoviy 
ifloslanishlar ta‘siri (kontserogen, mutagen, embriotoksik, gonad funktsiyasi 
buzilishi va h.k) hozirgi vaqtda to‗liq mutatsiyalashib bo‗lgan.
Atrof muhitning kimyoviy hamda biologik ifloslanishi natijasida, butun 
dunyo bo‗yicha xar yili millionlab insonlar aktiv hayot tarzini buzmoqdalar.
Bundan hech qaerga qochib-qutilib bo‗lmaydi.
Rossiyada o‗rtacha hayot davomiyligi 2008 yil holatiga 68 yoshni tashkil 
etadi. Rossiya federatsiyasidagi hayot davomiyligi boshqa davlatlarga nisbatan 
pastroq. Lekin shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, tibbiyotni rivojlanishi va yangi 
zamonaviy dori darmon vositalari, tibbiyot sifatini oshishini hisobga olib, 
Rossiyada 2010 yil holatiga aholi hayot davomiyligi 66,2 yoshga uzaygan. Jiddiy 
xavflardan yana biri, erkaklar va ayollar orasidagi hayot davomiyligi o‗rtasidagi 
farq (12 yil) dir. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, Rossiyada ayollar soni erkaklarga 
ko‗ra 9,1 mln. nafarga ortiqroqdir.
Hayot davomiyligiga jiddiy xavf soluvchi va o‗limga olib keluvchi 
omillardan biri noto‗g‘ri turmush tarzidir. Bu yerda kashandalikka urg‘u berish 
kerak. YUNESKO ning dokladlaridan birida kashandalikka e‘tibor qaratilgan. 
Yana statistika ma‘lumotlariga murojaat qiladigan bo‗lsak, kashandalik bir 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
108 
daqiqada 6 ta insonning hayotiga zomin bo‗lmoqda. Chekish oqibatida yiliga 3 
mln. dan ortiq inson vafot etmoqda. Kashandalik shu tarzda davom etsa, 2020 
yilga kelib, 30 dan 40 yoshgacha bo‗lgan qurbonlar soni 10 mln. dan ham oshib 
ketishi mumkin. Buning oqibatida Rossiya, Butunjahon sog‘liqni saqlash 
tashkilotiga o‗zining ―Kashandalikka qarshi kurash dasturi‖ bilan chiqish qildi.
Hattoki, Rossiya Dumasi davlatga tamakini ratifikatsiya qilish taklifi bilan 
chiqqan. 2007 yilning oxirida Konventsiya ratifikatsiya qilindi, lekin chekishning 
keskin qisqarishi hali ham kuzatilgani yo‗q. 
Butunjahon statistika qo‗mitasining bergan ma‘lumotlariga asosan, har 1000 
ta o‗limga olib kelishi mumkin bo‗lgan sabablardan, 200 tasi mototsiklchilar, 500 
tasi kashandalar, 74 tasi spirtli ichimliklar iste‘moli oqibatida sodir bo‗lmoqda.
Jahon miqyosida urbanizatsiya jarayoni jadallashgani sari uning salbiy 
ekologik oqibatlari tobora ko‗proq sezilmoqda. Buni, birinchi navbatda, shahar 
atributlarining inson sog‘lig‘iga noqulay ta‘sirida ko‗rish mumkin.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin