Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
103
6. Daryo suvlari oqimini o‗zgartirish va xususan yangi suv omborlarini
qurish – quyi mintaqalarda ekologik tanglikni keltirib chiqarmoqda
. Masalan,
Arnasoy ko‗llari tizimida vujudga kelgan ekologik
muammolar buning yorqin
misolidir.
7.
Yangi kimyoviy moddalardan keng ko‗lamda qo‗llanilishi ekologik
muvozanatni buzishiga olib kelmoqda
. Masalan, agar 1960 yilgacha 1mln. turdagi
kimyoviy moddalar ishlatilgan bo‗lsa, 1970 yilga kelib ularning turlari 1mln. 200
ming gacha etdi. Ularning ko‗pchiligi modda almashishiga ishtirok etmasada,
ammo vaqt o‗tishi bilan salbiy oqibatlarga keltirishi mumkin. Masalan,
bir qator
sintetik moddalar (plastmassa turlari, rezina, plyonka va tolalar va boshqalar)
tabiiy holda zararli emas, ammo ularmi yoqib yuborish atrof-muhitga salbiy ta‘sir
etadi. Shuning uchun ularga qayta ishlov beriladi, yoki maxsus poligonlarda
ko‗mib tashlanadi.
8.
Tabiiy resurslardan jadal va rejasiz foydalanish jon boshiga iste‘mol
qilinadigan mahsulotlar miqdorini o‗sishiga sabab bo‗lmoqda
. Masalan, 1940
yilda iste‘mol qilinadigan mahsulotlar 7,4 tonnani, 1960 yilda 14,7 tonnani, 2000
yillarda 35-40 tonnani tashkil etgan bo‗lsa,
XXI asrning boshlariga kelib, 42.8
tonnani tashkil etmoqda.
Yiliga 100 mlrd. t. boyliklarni qazib olish uchun 600 mlrd. t. tog‘ jinslari bir
joydan ikkinchi joyga ko‗chiriladi. Natijada turli chuqurlik va xandaklar,
tashlandiq tog‘ uyumlari va turli kimyoviy tarkibga ega bo‗lgan chiqindilar paydo
bo‗lmoqda. Ular shamol va yog‘ingarchiliklar ta‘sirida atrof-muhit musaffoligiga
katta ta‘sir ko‗rsatmoqda.
9
.
Urbanizatsiya jarayoni, ya‘ni aholining ortib borishi, yangi shaharlar
paydo bo‗lishi va yangi infratuzilmalar vujudga kelishi ham inson faoliyati bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Bugungi kunda dunyo aholisi sonining o‗sishi va ilmiy
texnikaning tez sur‘atlarda rivojlanishi bilan chiqindilar muammosi ham tobora
dolzarb tus olmoqda va ekologik barqarorlikka salbiy ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
104
Agar 1975 yilda dunyo aholisining 40% shaharlarda yashagan bo‗lsa, hozirgi
paytda bu 45% d
a
n ortiqrog‘ini tashkil etmoqda.
AQSh
va Yaponiyada umumiy
aholining 70%i, Frantsiyada 75%i, Buyuk Britaniyada 80%i shaharlarda yashaydi.
Tashvishli jihati shundaki, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq
maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1% ga oshmoqda
25
.
Respublikamiz
umumiy aholisining 40,3%i shaharlarda yashab kelmoqda. O‗zbekistonda aholisi
100 ming kishidan ortiq bo‗lgan 110 ta shaharlar mavjud. Hozirgi paytda shahar
aholisining o‗rtacha odam boshiga chiqaradigan chiqindilari 100-400 kg. ni tashkil
etmoqda.
Dostları ilə paylaş: