Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

1980-90 yillarda
barqaror rivojlanish kontseptsiyasi ishlab chqildi va uni 
hayotga tatbiq etish boshlandi. XX asr oxiriga kelib, Yer yuzida aholi soni 6 mlrd. 
kishidan ortib, kuniga o‗rta hisobda 250 ming kishiga ko‗paishi kuzatildi.
XXI asrga kelib tabiat va jamiyat o‗rtasidagi ziddiyatlar kuchayib bormoqda. 
Agar yaqin o‗n yilliklar ichida tegishli chora-tadbirlar ko‗rilmasa umumsayyoraviy 
miqyosda ekologik halokat (bular haqida keying boblarda to‗xtalib o‗tamiz) 
muqarrar bo‗lib qolishi mumkin.
Atrof-muhit muammolarini o‗rganish va hal qilish jarayonida ekologiyaning 
tabiiy, aniq va ijtimoiy fanlar bilan 
integratsiyasi
(birlashishi) amalga oshdi. 
Ekologiyaning o‗rganish predmeti kengayib, ―Tabiat va jamiyat o‗zaro 
aloqadorligining umumiy qonuniyatlari to‗g‘risidagi fan‖ga aylanib bormoqda.
 
 V.4. Antropogen o‗zgarishlar va ularning turlari.
Inson va tabiiy muhit 
o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarni umumiy tarzda quyidagicha
 
(V.4.1-rasm) ko‗rsatish 
mumkin.

Odatda, inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta‘sirini antropogen omil deyiladi. 
Bu ta‘sirning asosiy shakllari quyidagilardan iborat.
 
1. Sanoat, transport, qurilish va energetika tarmoqlarining tez sur‘atlar 
bilan rivojlanishi o‗ziga xos zaharli va zararli chiqindilarni paydo bo‗lishiga olib 
keldi. 
2. Qishloq, xo‗jaligini kimyolashtirish, ya‘ni kimyoviy moddalardan keng 
foydalanish, yangi yerlarni o‗zlashtirish, yaylovlar va to‗qayzorlarni qisqartirish 
nafaqat tabiiy muhitga zarar keltirdi, balki yerlarni meliorativ holatini buzishga va 
mahsulot sifatini pasaytirishga olib keldi. 
3. Dehqonchilikni rivojlantirish tufayli tabiiy o‗simliklar va ba‘zi bir 
hayvonot turlari keskin kamayib bordi.
Masalan, yerlarni jadal haydash natijasida 
chirindilar miqdori, haydalmagan yerlarga nisbatan 42% kam to‗planishi 
aniqlangan. Yerlarni sug‘orilishi natijasida mikroiqlim o‗zgarishi yuz bermoqda. 
Nisbiy namlik 8-10% dan 35-50% gacha ortishi mumkin. Bu esa ekinlar 
hosildorligini kamaytiradi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
102 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin