Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
100
4-bosqich
.
XIX asrda aholi soni 1 mlrd. kishidan oshgan, tabiiy resurslarni
qazib olish va ishlatish hajmi o‗sgan, ayrim o‗simlik va hayvon turlari qirilib
ketgan
. Atrof-muhitning ifloslanishi kuchaya boshlagan.
XIX -asrning ikkinchi
yarmidan jamiyat tarixidagi
texnogen bosqich
ajratiladi.
1864-yili AQShda geograf-olim G.Marsh(1801-1882)ning ―Inson va tabiat
yoki Insonning tabiatni fizik-geografik sharoitlarining o‗zgarishiga ta‘siri‖ degan
asari e‘lon qilingan. G.Marsh birinchi bo‗lib insonning tabiatga salbiy ta‘siri
xaqida alohida kitob yozdi. U insonning tabiatga ongli va stixiyali ta‘sirining og‘ir
ekologik oqibatlarini tahlil qilib, bu muammolarni o‗rganadigan alohida fan-―yangi
geografiya‖ zarurligini ta‘kidlagan edi.
O‗zingizga ma‘lumki, 1866-yili E.Gekkel (1834-1919) ekologiya faniga asos
soldi. Ekologiyaning vujudga kelishida Ch.Darvin (1809-1882)
ning evolyutsion
ta‘limoti katta rol o‗ynadi. Ekologiya alohida fan sifatida XX asrning boshlariga
kelib shakllandi. Dastlab o‗simlik
va hayvonlar ekologiyasi, keyinchalik inson
ekologiyasi va ijtimoiy ekologiya vujudga kelgan.
XX asrga kelib, tabiat va jamiyat munosabatlari keskinlasha boshladi. Asosiy
mineral
xom-ashyo
resurslarining
yetishmovchiligi,
isrofgarchilik
bilan
o‗zlashtirilishi nohush ijtimoiy-siyosiy va ekologik oqibatlarga sabab bo‗lgan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, hayot sharoitlarining
yaxshilanishi, fan-
texnika inqilobi, aholi sonining keskin ortishi –
Dostları ilə paylaş: