ibtidoiy bosqich -deb yuritiladi. Keyinchalik
dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi bilan insonlar o‗troq yashashga o‗ta
boshladilar va jamiyat shakllandi. Insonlarning atrof-muhitga ta‘siri xarakteri va
miqyosi o‗zgarib borgan.
2-bosqich . 10 ming yil oldin ozuqa yetishmasligi va tabiiy sharoitlarning cheklovchi roli yana ham kamaygan .
Yer yuzida aholi soni 50 mln. kishidan ortgan. Dastlabki antik shaharlar
vujudga kelgan, madaniyat rivojlangan.
O‗simlik va hayvonlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari va moslashishlari,
sonining o‗zgarishlari haqidagi dastlabki
ekologik bilimlar eramizdan avvalgi asarlarda
qadimgi Rim va Yunonistonda vujudga
kelgan.
Bu davrga kelib tabiatga inson ta‘sirining
kuchayishi–o‗rmonlarning kesilishi, yerlarning
sho‗r bosishi, dastlabki cho‗llashish vaziyatlari
kuzatilgan. Antropogen ta‘sir natijasida,
ayrim hayvon turlari qirilib ketgan, alohida
noyob o‗simlik va hayvon turlari muhofaza
qilingan. Bu
agrar bosqich -deb yuritiladi.
Keyinchalik insonlarning atrof tabiiy muhitga
ta‘siri kuchayib borgan.
3-bosqich .
O‗rta asrlarga kelib aholi soni 500 mln. kishidan ortgan . O‗rta Osiyoda dastlabki ekologik bilimlar vujudga
kelgan. Uyg‘onish davrida, Evropada ekologik bilimlar rivojlana boshlagan.
XYIII asrning oxirlarida, 1784-yilda bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi bilan
insoniyat tarixidagi
industrial bosqich boshlangan. Bu davrga kelib inson xilma-
xil tabiiy resurslardan foydalana boshlagan, antropogen modda almashinuvining
ko‗lami ortib borgan.
―Hech kim xo‘roksiz Ashah (asha-to‘g‘rilik) qonunlariga