uzun kun o‗simliklari deb ataladi. Madaniy o‗simliklardan javdar, suli, bug‗doy
va arpaning ko‗p navlari, zig‗ir shular jumlasidandir. Biroq asosan
janubdan keltirilgan ba‘zi o‗simliklar, masalan, xrizantema, kartoshkagul uchun
qisqa kun yetarli bo‗ladi. Shuning uchun ular yoz oxirida yoki kuzda ochiladi. Bu
xildagi o‗simliklar
qisqa kun o‗simliklari deb ataladi.
Kun uzunligi hayvonlarga ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. Hasharotlar bilan
kanalarda qishki tinim boshlanishi kun uzunligiga bog‗lik. Chunonchi, karam
kapalagi qurtlari uzun kun (15 soatdan ortiq) sharoitda saqlanganida tez orada
g‗umbaklardan kapalaklar chiqib, ketma-ket bir qancha avlodlari to‗xtovsiz
ravishda rivojlana boradi. Lekin qurtlar ( 4 soatdan qisqa kunda saqlansa, xatto
bahorda va yozda ham kishlaydigan g‗umbaklar paydo bo‗lib, ular xarorat yuqori
bo‗lishiga qaramay, bir necha oy davomida rivojlanmaydi. Tabiatda yozda, kun
hali uzun bo‗lgan vaqtda nima uchun hasharotlarning bir necha avlodi rivojlanishi
mumkinligini, kuzda esa ularning rivojlanishi nima uchun xamisha qishlovchi
bosqichda to‗xtab qolishini shu xildagi reaksiya orqali tushunib olish mumkin.
Bahorga kelib, kunlar uzayishi bilan ko‗pgina qushlarning jinsiy bezlari
rivojlanib, uya qurish instinkti paydo bo‗ladi. Kuzgi kun qisqarishi tullashga,
zahira yog‗ to‗planishiga va uchib ketish payiga tushib qolisnga sabab bo‗ladi. Kun
uzunligi biologik jarayonlarning yo‗nalishini belgilaydigan signal omilidir. Kun
uzunligining
xuddi
shu
mavsumiy
o‗zgarishlari tirik organizmlar xayotida nima
uchun bu qadar katta ahamiyatga ega?
Kun uzunlignning o‗zgarishi xamisha
xaroratning yil bo‗yi o‗zgarib turishi bilan
chambarchas bog‗liq bo‗ladi Shuning uchun
kun uzunligi xaroratning