VI.2. Tabiiy resurslarning sinflanishi. Tabiiy sinflanish –
tabiiy resurslarning biosferaning komponenti ekanligiga asoslangan. Tabiiy resurslarni
quyidagi asosiy gruhlarga (geologik va mineral) ajratiladi. Ushbu resurslarni
quyidagi rasm (VI.2.1-rasm) da ko‗rishimiz mumkin:
Ushbu barcha resurslar 2 turga bo‗linadi: real va
potentsial .
-
Real tabiiy resurslar : bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi resurslardir. Ularga foydalanilayotgan yerlar, o‗simliklar, neft, ko‗mir, elektr
energiyasi, va x.k. misol bo‗la oladi.
- Potentsial tabiiy resurslar: Ma‘lum sabablarga ko‗ra ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan lekin keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etiladigan resurslardir . Demak, potentsial resurslar ham ma‘lum vaqt o‗tishi bian, ishab
chiqarish texnik darajasini oshishi bilan real resurslarga aylanadilar.
Tabiiy resurslarni tugash darajasi bo‗yicha sinflanishi : Insonlarni tabi-
iy resurslarga ko‗rsatayotgan ta‘siriga binoan ular
tugaydigan va
tugamaydigan turlarga ajratiladilar. Ular yesa o‗z navbatida qayta
tiklanmaydigan (yer osti
foydali qazilmalarni) ya‘ni ulardan foydalanish natijasida,
nisbatan qayta tiklanadigan (tuproq, o‗rmon) ya‘ni qayta tiklash uchun uzoq vaqt muddati
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
112
zarur; qayta tiklanadigan (o‗simlik va hayvonot turlari, ba‘zi bir mineral resurslar
– masalan dengiz va ko‗llarda yig‘ilib qoladigan tuzlar) turlariga bo‗linadilar.