Turli xil tabiiy va ishlab chiqarish jarayonlarida aeorozollarning paydo bo'lishi ikki yo'l bilan boradi: disperslanish va
kondensatsiya . Aerozollar qattiq
jism yoki suyuqliklarning mexanik maydalanishi: bo'linish; ishqalanish, portlash,
forsunka va pulverizatorlardan changlalish va uchib ketishi oqibatida hosil bo'ladi.
Ruda va ko'mirni burg'ilash va portlatishda shu tariqa kon, tsement changi va
boshqalar hosil bo'ladi.
Metallar quyilganda ularning bug'lari yonib ketadi, yonish mahsulotlari esa
kondentsatlanadi va bunda metall oksidlarining qattiq zarrachalaridan iborat tutun
hosil bo'ladi. Yonilg'i yonganda ham tutun taxminan shunday hosil bo'ladi, ammo
bu holda qurumning qattiq zarrachalaridan tashqari tutunda smolali moddalar
tomchilari ham bo'ladi
34
.
Yuqoriroq dispersli va bir jinsli aerozollar kondentsatsion usullar bilan
olinadi, ularga quyidagilar kiradi: to'yingan parlarning suyuq yoki qattiq shaklga
o'tishi (tumanlarning hosil bo'Iishi), shuningdek, suyuq yoki qattiq fazalarning
paydo bo'lishiga olib keladigan kimyoviy reaktsiyalar. Chunonchi, oltingugurt uch
oksidining nam havoda bug'latilishi oltingugurt kislotasi aerozolining paydo
bo'lishiga, vodorod xlorid va ammiakning aralashtirilishi esa amoniy xloridning
paydo bo'lishiga olib keladi.
Atmosfera havosida doimo litiy, natriy, kaliy, kalsiy, magniy, kadmiv, tcmir,
qalay, mis, margancs, xrom, vanadiy va o'ta zaharli beriiliy kabi metallarning
aerozollari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishidagi kimyoviy reaktsiyalar va boshqa
ayrim tabiiy jarayonlar natijasida havo ftoridlar, sulfatlar, nitratlar, ammoniy
tuzlari va boshqalar bilan ifloslanadi.
Qattiq zarrachalar havoga tushib (yoki havoda paydo bo'lib), gazlarva UOB
bugiarini faol sorbtsiyalashi mumkin, buning natijasida turli tabiatga va toksiklik
darajasiga ega o'ziga xos ifloslovchilar konglomerat(bo'laklarning birlashgan-
ligi)lari hosil bo'ladi, ular ko'plab turli guruhlardagi ifloslovchi moddalardan
tashkil topadi (metallar, metall oksidlari va tuzlari, yuqori molekular organik
birikmalar, UOB. Shuningdek, qattiq zarrachalar yuzasiga sorbtsiyalashgan
organik va anorganik gazlar).
Atmosfera havosini ifloslanishining salbiy ta'sirini kamaytirishi borasida,