meteorologik omillarning ta‘siri: Tutun quvurlari, o‗choq yoki avtomobillarning chiqaruv quvurlaridan
ajralayotgan gazlar atmosfera havosiga aralashib ketadi. Uning darajasi faqatgina
masofaga emas, balki shamol va ob-havo sharoitlariga ham bog‘liqdir.
Sanoat korxonasini joylashtirish uchun hudud tanlashda chiqindi manbayi
bilan aholi punkti orasidagi masofani yo‗qolib ketishi yoki kamayishi xavfini
hisobga olish kerak.
Aholi zich joylashgan mavze yaqinida, ishlab chiqarish jarayoni muqarrar
ravishda Atmosfera havosini nihoyatda qo‗lansa hidli moddalar bilan ifloslantirishi
bilan bog‘liq bo‗lgan sanoat korxonasi joylashtirilsa, texnikaning ilg‘or,
zamonaviy rivojlanish darajasini hisobga olinganda ham, insonlar uchun albaita
turli noqulayliklarni tug‘dirishi muqarrardir.
Ko‗pincha chiqindi gazlar manbayigacha bo‗lgan masofani uzoqlashtirish
uchun ma‘lum yuqorilikdagi tutun quvurlari o‗rnatiladi, ular chiqindi gazlarning
qo‗shimcha shimilishini va ularni quvur orqali atmosfera havosi bilan aralashib
ketishini ta‘minlaydi. Alohida qiyinchiliklarni inver siyalar tug‘diradi. Odatda
havo harorati yuqoriga ko‗tarilgan sari pasayadi, buning natijasida yer yuzasi
qavatidagi havo bilan uning ustida joylashgan sovuqroq va og‘irroq havo o‗rtasida
vertikal havo almashinishi yuz beradi.
VIII.3.1 -rasm. Dunyoning ekologik toza, Antropogen ta‘siriga uchramagan hududlaridan biri 35
Technological Forecasting and Social Change, №5 A hybrid PSO-SVM model based on
clustering algorithm for short-term atmospheric pollutant concentration forecasting.September
2019.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
157
Bunga teskari vaziyat
, yer yuzasidagi sovuq havo qatlami ustida issiqroq