Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
158
misolida teskari manzarani ko‗rish mumkin. Havodagi
radioaktiv chiqindilarga
kelsak, ularni biz umuman ilg‘ay olmaymiz.
Shunday qilib, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun ikkita asosiy
vazifa ilgari suriladi
.
Bir tomondan
, aholi punktlaridagi aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish
maqsadida
atmosferani tekshirish, shuningdek, ifloslangan havoning o‗simlik va
hayvonlarga ta‘sirini aniqlash uchun qishloq xo‗jaligi hududlarida havo tarkibini
tadqiq etish.
Ikkinchi tomondan
, xodimlar salomatligini saqlash
uchun ishlab chiqarish
binolarida ishchi zonalar havosining tozaligini nazorat qilish.
Biz nafas olayotgan havo, atmosferani tashkil qiladigan gazlarning fizik
aralashmasidan iborat. Havo tarkibida tabiiy va antropogen kelib chiqqan turli
aralashmalar ham mavjud.
Tabiiy sharoitda havoda doim suv bug‘i mavjud bo‗lib, uning miqdori doimo
keskin o‗zgarib turadi. Havoning doimiy tarkibiy qismlaridan
kislorod alohida
ahamiyatga ega, u barcha tirik mavjudotlarning nafas olishi uchun zarur (anaerob
mikroorganizmlaming ayrim turlari bundan mustasno). Havoning katta qismini
azot tashkil qiladi (VIII.4.1-jadval). Ushbu element yerda hayotning pavdo bo‗lishi
bilan bog‘liq, chunki u oqsillar hamda boshqa organik birikmalar tarkibiga,
shuningdek, inert gazlar qatoriga kiradi va kislorod kontsentratsiyasini
kamaytirishda muhim rol o‗ynaydi. Chunki sof kislorod hayotni ta‘minlay
olmaydi. Boshqa inert gazlar (argon, neon, geliy, kripton, ksenon)ning
insonga
ta‘siri azotnikiga o‗xshashdir.
Organik moddalardagi uglerod manbayi CO
2
dir. U nafas olish, bijg‘ish,
achish va organik moddalarning oksidlanishi va parchalanishi jarayonlarida,
shuningdek, yonuvchan qazilmalaming yonishidan atmosferaga ajraladi.
Boshqa
doimiy
gazlarning
ahamiyatlisi–Ozon.
U
fotokimyoviy
reaktsiyalarning oraliq mahsuloti hisoblanadi. Shu bois uning zamonaviy shaharlar
atmosferasida
aniqlanishi, havoning ifloslanganligidan dalolat beradi. Shu bilan
birga Ozon atmosferaning yuqori qatlamlarida ekran hosil qiladi va bu ekran Yerni
halokatli ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi (bu xaqida avvalgi bo‗limda
batavfsil to‗xtalib o‗tildi).
Dostları ilə paylaş: