Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
159
Qattiq, suyuq va gazsimon chiqindi moddalar atmosferaning tabiiy
tarkibini o‗zgartirib yuborishi - havoning ifloslanishi deyiladi.
Eng ko‗p tarqalgan va xavfli chiqindilar 8 ta toifaga birlashtirilgan:
1.
Muallaq moddalar
. Ular boshqa ifloslovchilarni o‗zida eritib yoki o‗z
yuzasida adsorbtsiyalab tashiydi.
2.
Uglevodorodlar va boshqa uchuvchan organik birikmalar
;
3.
Is gazi (CO);
4.
Azot oksidlari ;
5.
Oltingugurt oksidlari, asosan oltingugurt (IV) oksidi (SO
2
);
6.
Qo‗rg‘oshin va boshqa og‘ir metallar;
7.
Ozon va boshqa fotokimyoviy oksidlovchilar;
8.
Kislotalar, asosan oltingugun va azot kislotalari
.
Atmosfera chiqindilari va havoning tabiiy aralashmalari murakkab o‗zaro
ta‘sirga
kirishadilar, yuviladilar va hokazo. Shaharlar atmosferasidagi bunday
o‗zgarishlarning asosiy sabablari - havoning organik moddalar (asosan neft
uglevodorodlari bilan) va yuqori haroratli yonish natijasida paydo bo‗ladigan azot
oksidlari bilan ifloslanishidir.
―Havoni ifloslovchi modda yoki bir necha moddalar odamlar,
hayvonlar,
o‗simliklar va mol-mulkka ziyon yetkazadigan yoki, shunga olib keladigan
miqdorda va vaqt davomida
atmosfera saqlaydigan yoki, inson salomatligi va
mulkiga hisoblab bo‗lmaydigan zarar yetkazishi mumkin bo‗lgan hollarda
havoning ifloslanganligi haqida gapirish mumkin‖.
Shuningdek, Atmosfera havosi tarkibida
xam mikroorganizmlar mavjud
bo'lib, ular turli omillar ta‘sirida uzoq masofaga tarqalishi mumkin. Shu bilan
birga, ushbu havodagi mavjud mikroorganizmlarning qanday o'zgarishi va
antropogen faoliyatning turli mintaqalarida mikroblarning tarqalishiga qanday
omillar ta'sir qilishi to'g'risida hali aniq o‗rganilmagan.
Bundan tashqari, ushbu
havoni ifloslantiruvchi moddalarning shahar hududidagi kontsentratsiyasi qishloq
joylaridagi ko'rsatkichdan 1,5 baravar ko'p.
Bu shuni anglatadiki, atmosferani
ifloslantiruvchi moddalarning asosiy sababchisi bo'lgan antropogen faollik shahar
atrofidagi havoda yashaydigan bakteriya va zamburug'larning o'xshashligiga ta'sir
ko'rsatadi
36
.
Dostları ilə paylaş: