Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
161
maydonlarni supurish uchuv mo‗ljallangan avtomobillar bir yo‗la supuriladigan
joylarni namlab, keyin supurindilarni supurib, o‗zining kamerasiga tortadi.
Odamlar yurish uchun mo‗ljallangan yo‗lkalarni maxsus yo‗lka supurgich
avtomobillarda supuriladi.
Ilm, fan-texnika taraqqiyoti davrida ko‗cha va maydonlar tozaligini
ta‘minlash zarur. Ammo kommunal xo‗jalik xodimlari ayblari bilan ko‗pchilik
shahar va qishloq hududlarida ko‗cha va maydonlarini toza tutish talab darajasida
emas. Bu sohada sanitariya nazorati yaxshi o‗rnatilmagan.
1960-70 yillarda Respublikada sanitariya militsiya guruhlari tuzilgan edi. Ular
juda ko‗ngildagidek yaxshi ishlarni boshlagan edilar.
Jumladan, ko‗cha va
maydonlarni, turar joylarda yig‘ilgan chiqindi–axlatlarni o‗z vaqtida olib chiqib
ketishi, axlatlarni suvga tashlamaslikni va jamoat joylarida chiqindilar yig‘ilib
qolmasligini ta‘minlar edilar.
Hozirgi kunda aholi turar joylar, ko‗cha va hiyobonlarni toza tutish masalasi
siyosat darajasiga ko‗tarilib, ko‗cha va maydonlarda, ayniqsa shaharning ichki
qismida tog‘-tog‘ bo‗lib yotgan axlatlar 6-10 kunlab olinmay qolib ketadigan
nohush manzaralar bartaraf etilmoqda. Bu esa atmosfera havosini chang va
mikroorganizmlar bilan ifloslantirishga, suv havzalarini
chiqindilar bilan
zararlanishiga olib kelishi oldini olinmoqda ya‘ni, sanitariya nazoratini yanada
kuchaytirilayotganligidan darak beradi. Ko‗chalar namligini uzoq saqlash
maqsadida ba‘zi bir shaharlarda 1 m
2
maydoiga 1 litr kaltsiy xlorid sepiladi,
bunday eritma namlikin yaxshi saqlaydi. Qishloqda joylashgan uy-joylarni katta
yer maydonlariga yaqin bo‗lishi, turar joylarning sanitariya holatini yuqori
darajada saqlashga imkon beradi.
Qishloq uy-joylarni loyihalashda, qurishda ularning
sanitariya holatini
hisobga olish kerak, bunda qishloq joylarining o‗ziga xos sharoitlarini e‘tiborga
olinishi zarur.
Qishloq markazlarida ikki-uch qavatli turar joylar, ma‘muriy idoralar qurilishi
mumkin, bularda kanalizatsiya shoxobchalari o‗rnatilishi mumkin, ayniqsa ko‗p
xonali binolarda buning zaruriyati tug‘ilib qoladi. Bunday holatlarda hamma
binolarning kanalizatsiya shoxobchalari birlashtiriladi, ulardan hosil bo‗lgan
chiqindi suvlar ma‘lum tozalanish bosqichidan o‗tgach, so‗ng sug‘orish
maydonlariga oqizilishi mumkin.
Aholi uchun uy-joylar qurilganda hojatxona yer uchastkasining bir chetida,
ya‘ni xonadonlardan 10-15 metr nariroqda quriladi va qorong‘i holatda ushlaniladi.
O‗zingizga ma‘lum-ki, hojatxonani qorong‘i holatda ushlash pashshalarni kirishiga
va ko‗payishiga imkon bermaydi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari shuni ko‗rsatdiki, qishloq punktlarida,
aholi xonadonlari va ishlab chiqarish korhonalarining yer maydonlari (tuprog‘i )
mikroorganizmlar, xar-xil hashorat tuxumlari, kimyoviy moddalar bilan ko‗proq
ifloslangan. Sababi har qanday chiqindi axlatlar
zararsizlantirilmay yer
maydonlariga tashlanaveradi. Vaholanki, xavfli chiqindilarni oddiy sharoitida
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
162
kichik o‗ralarda kompost qilib zararsizlantirilgandan keyin uni tomorqaga solib
o‗g‘it sifatida foydalanish mumkin.
Kanalizatsiya bo‗lmagan jamoa muassasalarida hojatxonalar havo bilan
shamollaydigan hojatxona lyuftklozet tipida qurilishi kerak, yoki shunday
hojatxona
qurish kerakki, o‗z vaqtida unga tuproq sepib kompostga aylantirib, u
zararsiz holatga kelgach, tomorqada o‗g‘it sifatida ishlatish mumkin. Bunda eski
hojatxona o‗rniga boshqa yangisini kovlab, yaxshilab jihozlab so‗ng undan
foydalanish mumkin. Honadonlardagi ovqat chiqindilarini mollarga berish,
supurnidilarni esa kompostlash yo‗li bilan zararsizlantirish mumkin.
Qishloq sharoitida hayvon axlatlarini yig‘ishni, asrashni to‗g‘ri uyushtirish
turli gijja, tuxumlar rivojlanishini qolaversa, trixinielloz,
exinokok, tenioz va
boshqa kasalliklar tarqalishining oldini oladi. Tomorqalarda turli hayvonlarning
go‗ng-axlatlari go‗ng uchun ajratilgan maydonga yig‘iladi, uning atrofi sim to‗r
yoki taxta bilan ajratilgan bo‗ladi. Katta molxonalarda maxsus go‗ng saqlaydigan
joylar ajratiladi. Go‗nglarni kompostlash, gigienik jihatdan juda ahamiyatlidir.
Kompostlangan go‗ng tarkibida gijja tuxumlari, patogen mikroblar bo‗lmaydi. Aks
holda go‗ng yig‘ilib qolgan joylarda atmosfera
havosiga, tuproqning sanitariya holatiga, suv
havzalariga ancha putur yetkaziladi.
Dostları ilə paylaş: