Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
169
- ko‗kalamzorlashtirishning ahvoli va boshqalar.
Aholi turar joylarini toza tutishni loyihalashtirish uchun hozirgi va
kelajakda yig‘iladigan har xil axlatlarning miqdori to‗g‘risidagi ma‘lumotlar rejaga
vazifalar sifatida kiritiladi.
Tozalashning bosh tarxida quyidagilar o‗rin tutadi:
-
shaharni tozalashni umumiy rejasi;
-uy-joylarning muntazam tozalanib turishi;
-axlatlarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish usullari;
-axlatlarni tuproq yordamida zararsizlantirish uchun yer maydonlarining
kengligi va hajmi;
-aholi uchun zarur bo‗lgan kommunal ob‘ektlarning mavjudligi: hojatxona,
transportlar uchun parklar, axlat yoqadigan o‗choqlar;
-ko‗cha va maydonlarni yig‘ishtirish, tozalash, supurish, suv sepish, yuvish va
hokazolar:
-loyiha bo‗yicha tozalash va uni boshqarish tannarxi (qiymati, xarajati).
Ishlab chiqiladigan loyihalar asosida xonadonlardan yoki mahallalardan
yig‘iladigan axlatlarni rejali ravishda tozalab olib chiqib ketish yotadi.
Kanalizatsiya tarmoqlari bo‗lmagan joylardan najas axlatlarni
tezroq olib chiqib
ketishni uyushtirish ko‗zda tutiladi. Shu vazifalar amalga oshirilgan vaqtdagina
shahar va tumanlar hududlari ozoda turishi va turli yuqumli kasalliklarning oldini
olishga erishilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: