Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
172
oqmasligi tarmoqlarda bosimning bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydi va qo‗shimcha
chiqindi suvlarni vaqt-bevaqt qabul qilish imkonini beradi hamda quvurlarda havo
oqimining bemalol bo‗lishini ta‘minlaydi.
Nazorat qilib turish quduqlari har 50-100 m masofada binolardan chiqadigan
kanalizatsiya quvurlari ulangan joylarda o‗rnatiladi.
Quduqning tag tomonida
yarim oysimon tarnov o‗rnatiladi, bu tarnov orqali quduq ostidan chiqindi suvlar
oqib o‗tadi. Shuning uchun ham chiqindi suvlarni oqizib keladigan quvurning
og‘zi va suyuqlikni oqizib chiqib ketadigan quvurning teshigi tarnovga to‗g‘ri
kelishi kerak. Tarnovni yuqori joylashtirish mumkin emas, aks holda suv yig‘ilib,
cho‗kma cho‗kish imkonini tug‘diradi. Kanalizatsiya quvurlariga turli chiqindilar,
moddalar tiqilib qolmasligi uchun quduqlar doimo nazorat ostida bo‗lmog‘i shart,
ayniqsa kanalizatsiya qiya joylashgan joylarda chiqindi suvlar to‗la bo‗lib
oqadigan quduq vaqt-vaqti bilan tozalanib turilishi kerak.
Xo‗jalik chiqindi suvlarining harorati yuqoriroq bo‗lgani uchun kanalizatsiya
tarmoqlari 1,5-1,7 m chuqurlikda yotqiziladi. O‗rta Osiyo, Kavkaz va boshqa issiq
iqlimli hududlarda 550 mm quvurlar eng kamida 50 sm chuqurlikda yotqiziladi,
kichik tirqishli quvurlar yerning muzlash qavatidan pastroqda, eng uzog‘i bilan yer
yuzasidan 70 sm chuqurlikda yotqiziladi.
Sanitariya
nuqtai
nazaridan,
kanalizatsiya
tarmoqlari
vodoprovod
quvurlarining ostida yotqizilishi kerak va kanalizatsiya trubalari tasodifan ishdan
chiqib, buzilganda vodoprovod suvlarini zararlamasligi lozim.
Kanalizatsiya
quvurlari vodoprovod quvurlari bilan yonma-yon bo‗lsa 1,5–3 m masofada
joylashtiriladi. Ko‗pincha kanalizatsiya tarmoqlarini va tozalash inshootlarini
loyihalash yer yuzasi rel‘efiga juda bog‘liqdir. shuning uchun chiqindi suvlar
oqishi ta‘minlanadigan qiya rel‘ef bo‗lsa kanalizatsiya quvurlari yer yuzasiga
tozalash inshootlari
oldidan chiqariladi, boshqa vaqtda chiqindi suvlarni haydash
uchun maxsus nasoslar qurilishi kerak bo‗ladi. Ammo chiqindi suvlar nasoslar
yordamida oqizilishi ma‘lum darajada quvurlarda bosimning paydo bo‗lishiga
sabab bo‗ladi, shu tufayli kanalizatsiya trubalarining bir-biriga ulangan joyi
mustahkam, chiqindi suvlar chiqmaydigan qilib o‗rnatiladi. Nasos stantsiyalari
qurilgan vaqtda nasos oldida qo‗pol chiqindilarni
ushlab qolish uchun simli
taroqlar o‗rnatiladi. Nasos stantsiyalari odatda uy binolariga zarar bermasligi
uchun ulardan nariroqda joylashtiriladi. Nasos stantsiyalari oldida chiqindi suvlarni
qabul qilishi uchun temir betonli, ma‘lum hajmga ega bo‗lgan moslama – suv
yig‘iladigan hovuzsimon qurilma quriladi. Nasos stantsiyalari qurilgan joylar
obodonlashtiriladi, daraxtzorlarga aylantiriladi.
Dostları ilə paylaş: