Toshkent 2020 yil


- avtomobil transportidan 1OO dan ortiq turli ko‗rinishdagi zaharli chiqindi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

- avtomobil transportidan 1OO dan ortiq turli ko‗rinishdagi zaharli chiqindi 
gazlar
, shu jumladan, kontserogen uglevodorodlar, tetraetil qo‗rg‘oshin 
birikmalari hosil bo‗ladi va atmosfera havosiga tashlanadi.
Atmosferaga tashianadigan chiqindi gazlar uzluksiz, davriy va bir lahzada 
tashlanishi mumkin. Bir lahzada tashlanadigan holatda qisqa vaqt ichida atmosfera 
havosiga juda katta miqdorda zaharli birikmalar tashlanishi mumkin. Bunday 
ko‗rinishdagi tashlamalar ko‗pincha avariya holatlarida, ishlab chiqarishda tez 
yonuvchan chiqindilarni maxsus maydonlarda yoqilganda hosil bo‗ladi. Ba‘zan 
avariya natijasida bir lahzali tashlamalar sekundning yuzdan bir ulushida juda 
yuqoriga tashlanib, atmosfera havosini keskin ifloslaydi.
Shunday qilib, atmosferaga chiqindi gaz tashlamalari: qattiq, suyuq, 
noorganik va organik birikmalar ko‗rinishida tashlanadi.
Tashianadigan qattiq yoki suyuq birikmalar ikki fazada bo‗ladi, ya‘ni bir 
fazada gaz, ikkinchi fazada esa suyuq moddalar mayda tomchilar ko‗rinishida, 
qattiq moddalar esa kichik zarralar ko‗rinishida bo‗ladi. Bunday tashlamalar 
aerozollar
 
deb ataladi. 
Aerozollar
–changlar, tutunlar va tumanlar ko‗rinishida bo‗ladi. Changlarda 
qattiq zarralar o‗lchami 5 mkmdan 50 mkm. gacha, tutunda – 0,1-5 mkm.gacha 
bo‗ladi. Chiqindi gazlarning tashlamalari shu bilan bir qatorda gazsimon 
chiqindilar 
tashkillashtirilgan
 
va 
tashkillashtirilmagan
 
turlariga 
bo‗linadi.Tashlanayotgan gazlarning harorati bo‗yicha –
qizdirilgan
(tashqi havo 
haroratidan ortiq) va 
sovuq
turlariga, tozalanish darajasi bo‗yicha– 
tozalangan 
va 
tozalanmagan 
turlariga bo‗linadi.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin