Toshkent 2020 yil


Adsorbentlar orasida faollashtirilgan ko‗mir bir qator afzalliklarga ega



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Adsorbentlar orasida faollashtirilgan ko‗mir bir qator afzalliklarga ega

1. 
Faollashtirilgan ko‗mir gidrofob materialdir, ya‘ni namlikni o‗ziga shimib 
olmaydi. 
2. U organik suyuqliklar bug‘ini yuqori darajada yutib olish qobiliyatiga 
ega. 
3. Faollashtirilgan ko‗mir nihoyatda mustahkam bo‗lib, tarkibida modda 
qoldiqlarini ushlab qolmaydi. 
4. Desorbtsiya jarayonlari o‗tib bo‗lgandan keyin, faollashtirilgan ko‗mirni 
quritish va atmosfera havosiga sovutish mumkin.
 
Agar yutib olingan modda (masalan, gaz, suyuqlik) qattiq jism 
tarkibidan ajralib chiqsa, ya‘ni qatiq jism ―terlasa‖, unda bu jarayonni 
desorbtsiya deyiladi. 
Amalda desorbtsiyani 2 yo‗l bilan amalga oshirish mumkin

a) 
Haroratni oshirish yo‗li bilan. 
b) Yutadigan moddaning bosimini kamaytirish yo‗li bilan

5. Adsorbtsiya rekuperatsion qurilmalarida ishlatiladigan bunday ko‗mirni 
10 ming marotabagacha qayta ishlatish mumkin. 
Kontsentratsiyasi 10 g/m
3
ga teng bo‗lgan 1 tonna erituvchi moddaning 
faollashtirilgan ko‗mir yordamida ushlab qolish uchun quyidagilar sarflanadi: 
-Bug‘ (bosimi 0,3-0,5 M Pa), tonna 2,0-3,5; 
-Sovutilgan (15
0
 S) suv.m
3
 30-50; 
-Elektr energiyasi, kVt. soat 100-250; 
-Faollashtirilgan ko‗mir, kg 0,5-1,0. 
Ushbu ko‗rsatkichlardan xulosa shuki, adsorbtsiya rekuperatsion 
qurilmalarda ishlatiladigan ko‗mirning miqdori kichik (hammasi bo‗lib 0,5-1,0 kg 
atrofida) bo‗lsa ham, ammo boshqa sarflar nihoyatda ko‗pdir. Masalan, 1t erituvchi 
moddani ajratib olish uchun 30-50 tonna sovutilgan suv va 100-250 kVt. soat 
elektr energiyasi sarf bo‗lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda bunday 
qurilmalar faqat qimmatbaho moddalarni va yuqori zaharli moddalarni yutib olish 
va rekuperatsiya qilish uchun ishlatiladi. 
Adsorbtsiya rekuperatsion qurilmalari yordamida soatiga 10 m
3
dan 150 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
182 
ming m
3
gacha gaz yoki havoni tozalab olish mumkin. 
Adsorbtsiya usuli nafaqat erituvchi moddalarni ajratib olish uchun, balki gaz 
yoki havo tarkibidan zaharli moddalar (uglerod sulfidi, xlororganik birikmalarni, 
oltingugurt dioksidi (SO
2
)ni, simob bug‘larini va boshqa metallar) ni ajratib 
olishga qo‗llaniladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin