xemosorbtsiya deb ham yuritiladi. Fizik absorbtsiya
jarayonida modda bir fazadan ikkinchi fazaga o‗tadi.
Xemosorbtsiya da esa gaz tarkibidagi ushlanadigan moddalar bilan
reaktsiyaga
kirishadigan
suyuq
moddalar–absorbentlar
ishlatilib,
bunda
xemosorbent sifatida, tuz va ishqorlarning suvli eritmalari, organik moddalar va
turli birikmalarning suvli suspenziyalari qo‗llaniladi.
Atmosfera havosini katalitik usulida tozalash: Gazlarni katalitik tozalash
jarayonida chiqindi gaz tarkibidagi zararli moddalar katalizator ishtirokida
oksidlanish, qaytarish yoki, parchalanish jarayonlari asosida zararsiz holatga
keltiriladi.
Bunda zararsizlantiriluvchi chiqindi gazning tarkibida changli va katalizator
uchun
zaharli
bo‗lgan
moddalar
bo‗lmasligi
lozim.
Ushbu
usul
tashlama gazlarni azot, oltingugurt va uglerod oksidlaridan hamda organik
erituvchi bug‘laridan tozalash uchun qo‗llaniladi. Jarayon turli konstruktsiyadagi
katalitik reaktorlarda amalga oshiriladi.
Gazlarni kondensatsiya usulida ham tozalash mumkin. Bunda chiqindi gaz
tarkibidagi uchuvchan organik erituvchilarning bug‘lari sovitish orqali qayta
suyuqlik holiga keltiriladi. Ushbu usulni amalga oshirish uchun maxsus sovitish
qurilmalari qo‗llaniladi. Jarayonni chiqindi gaz tarkibidagi organik erituvchi
bug‘larining kontsentratsiyasi 100 g/m
3
dan yuqori bo‗lgandagina qo‗llash
maqsadga muvofiq.
Shuning
uchun
ushbu
usulni
ishlatish
chegaralangan.
Usulning
kamchiligi–kondensatsiya jarayonida sovitish agregati va elektr energiyasining
sarfi yuqoridir.
Atmosfera havosini termik usulida tozalash: Termik usulda chiqindi gaz
tarkibidagi zararli, yomon va yoqimsiz hidli moddalarni zararsizlantirish
jarayonida ularni yondirish orqali amalga oshiriladi. Jarayon maxsus pechlarda va
fakel gorelkalarida amalga oshiriladi. Jarayonning