Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
170
Masalan, kanalizatsiya shoxobchalari orqali chiqarilgan 1 m
3
chiqindi uchun tiyin
xarajat qilinsa, boshqa usullar bilan chiqariladigan 1 m
3
chiqindilar uchun so‗mlar
xarajat qilinadi. Hozirgi vaqtda hamma shaharlarda kanalizatsiya
tarmoqlarining
rivoji uchun harakat qilinmoqda. Kanalizatsiya tarmoqlarining bo‗lishi xalq
hayotining, uning madaniyatining ancha yuqoriligidan darak beradi. Kanalizatsiya
shoxobchalarini qurilishi boshqa kommunal inshootlarning qurilishiga ham
bog‘liq. Hozirda shaharlarning yangisini yoki eskisini qayta tiklashni kanalizatsiya
shoxobchalarisiz tassavvur qilib bo‗lmaydi. Ammo shuni aytish kerakki,
shahar
kanalizatsiyasi shahar vodoprovod taraqqiyotiga juda bog‘liqdir. Odamlar
tomonidan xonadonlarda suvni ko‗proq iste‘mol qilish ham kanalizatsiya
shoxobchalarining taraqqiyotiga bog‘liqdir.
Shaharlarni loyihalashtirishda kanalizatsiya
tarmoqlari har tomonlama
hisobga olinadi va ko‗cha magistral kanalizatsiya quvurlari yerning qiya tomoniga
yotqiziladi. Unda chiqindi suvlar o‗z holicha oqiziladi, kerak bo‗lgan joylarda
nasoslar ishlatiladi. Kanalizatsiya shoxobchalari loyihalashtirilayotgan
vaqtda
albatta shahar aholisining kelajakdagi o‗sishi hisobga olinib yotqiziladigan
quvurlarning diametri hosil bo‗ladigan iflos chiqindilarni sig‘dirishi hisobga
olinishi zarur, aks holda kanalizatsiya tarmoqlarini qaytadan qurishga to‗g‘ri keladi
va bu albatta juda kata harajatlarga sabab bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: