Shaharlarni tozalashni uyushtirish loyihalari tarkibiga :
a) tozalashning bosh tarxi; b) rejali vazifalar; c) inshootlarning va anjomlarning loyihalari; d) ishni boshqarish rejasi kabilar kiradi. Sanitariya vrachlari (DSNEM hodimlari)ning vazifalaridan biri, loyihalarni ishlab chiqishda faol qatnashishdir. Ammo shaharlarning tozaligini ta‘minlash loyihalarini aniq va kamchiliklarsiz tuzish uchun juda ko‗plab fakt va dalillarni o‗rganilishi talab etiladi. Ular quyidagicha: -
joylarning tabiiy sharoiti, ya‘ni tuprog‘i, rel‘efi, iqlim sharoitlari; - shahar va uning rayonlarini sanitariya holati; -aholi o‗rtasida oshqozon-ichak va boshqa yuqumli kasalliklarining tarqalishi; - tozalash barcha bosqichlarining qaysi ahvolda ekanligi; - kanalizatsiya tarmoqlarining hozirgi va kelajakdagi taraqqiyoti; -aholining rayonlar miqyosida zichligi va soni, turar joy fondi; -maydonlar, turar joylar, ko‗cha va xiyobonlarning obodonlashtirilganligi;