Quyish stantsiyalari . Chiqindi suyuq axlatlarni uzoq masofaga transportlar
yordamida kanalizatsiya shoxobchalari bo‗lmagan aholi turar joylari va
tashkilotlardan olib chiqib ketish ancha qiyinchiliklarga sabab bo‗ladi. Shuning
uchun kanalizatsiya shoxobchalari bo‗lgan ba‘zi joylarda suyuq chiqindi axlatlar
quyish stantsiyalariga olib borib, ular orqali kanalizatsiyaga tushiriladi. Quyish
stantsiyalari shahar yaqinida joylashtirilgan bo‗lib, aholi yashaydigan joy bilan
quyish stantsiyalari orasidagi sanitariya muhofaza zonasi 300 metrni tashkil etadi.
Bunga asosiy sabab quyish stantsiyalaridan havoga ajralib chiqadigan serovodorod,
sulfid angidrid, metan, ammiak va boshqa zaharli gazlarni paydo bo‗lishidir.
Albatta, quyish stantsiyalarining shamollatish uskunalari ham bo‗lishi kerak.
Quyish
stantsiyalarida
suyuq
chiqindilarni kanalizatsiyaga quyish uchun
maxsus kanalchalar quriladi. Kanalning ikki
yonida 2-3 yo‗lak bo‗lib u yo‗laklarga
avtotsisternalar kirib novlar yordamida suyuq
axlatlar
kanalga
quyiladi.
Kanalizatsiya
trubalari tiqilib qolmasligi uchun axlatlar suv
bilan suyultirilib (1:1) so‗ngra simli to‗rdan va
qum ushlagichlardan o‗tkaziladi. Ularda yirik
axlatlar, qum va boshqa moddalar ushlab
qolinadi.
Suyuq axlatlarni tuproq yordamida zararsizlantirish. Gigienaga
oid
adabiyotlarda keltirilgan dalillarga qaraganda
suyuq axlatlarni tuproqlar yordamida zararsiz
holatga keltirish masalalari XIV asrning
boshlarida
ko‗tarilgan
va
hal
qilina
boshlangan. Masalan, 1893 yillarda sanitariya
vrachi P. Belousov o‗zining ―Suyuq axlatlarni
tuproq yordamida zararsiz holatga keltirish va
rus
shaharlarida
assenizatsiya
va
zararsizlantirishlarning
vazifalari‖
degan
mavzudagi dissertatsiyasini himoya qilish
uchun
olimlar
kengashiga
taqdim
etgan.Tuproqning juda kuchli o‗z-o‗zini tozalash xossalariga ega ekanligi va shu
jarayondan oqilona foydalanish tavsiya qilinadi, ayniqsa najasni zararsiz holatga
keltirish natijasi sanitariya talabiga javob beradi.