XII Bob. Oqova suvlar va ularning turlari. XII.1. Oqova suvlar. Sanoat korxonalarida, qishloq xo‗jaligida va maishiy xizmat korxonalarida hosil bo‗lgan suvlar – oqova suvlar deyiladi .
Soddaroq qilib aytganda, foydalanib bo‗lingandan keyin chiqarib
tashlanadigan suvlar – oqova suvlar deyiladi.
Oqova suvlar paydo bo‗lishi, turi va aralashmalarining holatiga qarab, quyidagi 3 ta asosiy toifalarga bo‗linadi: Maishiy (xo‗jalik-najas), ishlab chiqarish (XII.1.1-jadval) va yomg‘ir (atmosfera) suvlari. 1. Maishiy oqova (xo‗jalik-najas) suvlarga; oshxona va hojatxona, hammom hamda kirxonalar, umumiy ovqatlanish va davolash muassasalari hamda, xonalarni yuvishdan chiqqan iflos suvlar kiradi. Ifloslanish tabiatiga ko‗ra ular, asosan, fiziologik chiqindilar bilan ifloslangan najas suvlar va har qanday xo‗jalik chiqindilari bilan ifloslangan suvlar bo‗lishi mumkin. 2. Ishlab chiqarishda hosil bo‗lgan oqova suvlarga; ishlab chiqarishning texnologik jarayonida foydalanilgan va ikkilamchi foydalanishga yaroqsiz bo‗lgan suvlar kiradi. Bu esa, ishlab chiqarishning turiga, shunindek, qabul qilingan texnologik jarayonlarga bog‘liqdir. 3. Yomg‘ir suvlari atmosfera yog‘inlari tushishi natijasida hosil bo‗ladi. Ularga qor va muzliklarni erishidan hosil bo‗ladigan yumshoq suvlar ham kiradi. Yomg‘ir suvi oqimining o‗ziga xos xususiyati, uning ahyon-ahyonda bo‗lishi hamda, sarf etilishi va sifatining keskin notekisligidir. Ko‗chalarni yuvishdan qolgan, favora va drenajlarning suvlari sifat
ko‗rsatkichiga ko‗ra yomg‘ir suvlariga yaqin bo‗lib, ular bilan birga yoq bo‗lib
ketadi
47
.
Oqava suvlari va boshqa zararli moddalar bilan birgalikda chuchuk suvlarga
kelib qo‗shilmoqda. Butun dunyo suv omborlariga kelib quyiluvchi bunday
turdagi ifloslangan suvning ta‘siri natijasida butun dunyodagi suv zaxirasiga
jiddiy shikast yetmoqda. Bu esa toza suvning ifloslanishiga olib kelmoqda. Suv
ob‘ektlaridagi suvning ifloslanishida unga quyuluvchi zararli moddalar aksariyati:
Neft mahsulotlari chiqindilari, fenollar, oson oksidlanuvchi organik moddalar,
ammoniy va azot nitratlari hisoblanadi
48
.
Suv muhitida ifioslanuvchi moddalarning mavjudligi tirik organizmlar hayot
faoliyatiga va butun suv tizimiga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Tabiatdagi suv bir jinsli bo‗lmagan muhit bo'lib, unda turli kattalikdagi
muallaq zarrachalar va mayda gaz pufakchalari mavjud.