Tuproqning suv ta‘sirida eroziyaga uchrashishi va unga qarshi kurashish yo‗llari. Yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir, jala, do‗l va qor) ta‘sirida tuproqning
unumdor ustki qatlamining yuvilishiga tuproqning eroziyasi deyiladi. Natijada yer
yuzasida chuqurlik va jarlik paydo bo‗ladi.
Tuproqning suv ta‘siridagi eroziyasining quyidagi shakllari mavjud :
1. Yuzlama eroziya. 2. Chiziqli yoki jarli eroziya. 3. Surilish eroziya. 4. Qulash eroziya. Tuproqning suv ta‘sirida yuvilishi yuzlama eroziya deyiladi. Bunda qor
suvlari, yomg‘ir tomchilari avvalo tuproqqa urilib, uning donalarini ivitib
yumshatadi, so‗ngra vujudga kelgan oqim tuproqni o‗sha chirindili ivigan ustki
qismini yuvib ketadi. Bu hodisa o‗simliklarning o‗sishiga salbiy ta‘sir etadi va
hosildorlikni 2-3 marotaba kamaytiradi. Xususan, qordan erigan suvlar har gektar
yerdan 25 t gacha tuproqning unumdor qatlamini yuvib ketishi mumkin.
Tuproq eroziyasining ikkinchi turi suv ta‘sirida chiziqli yoki jarli eroziyadir .
Nishab yerlarda, vodiy bo‗ylarida qor, yomg‘ir, jala suvlari birga qo‗shilib
shiddatli oqimlar hosil qiladi. Jarliklarning o‗rtacha o‗sish tezligi tuproq tarkibiga
bog‘liq bo‗lib, bir yilda 3 m dan 8-26 m gacha bo‗lishi mumkin. Jarliklar tufayli
yerlar ishga yaroqsiz bo‗lib qoladi, ekin maydonlari qisqaradi, qishloq xo‗jalik
mashinalaridan va transport vositalaridan foydalanish uchun noqulayliklar paydo
bo‗ladi. Eng achinarlisi, mintaqalar hududidan oqadigan daryolar juda ham
loyqalanib qoladi. Masalan, Orol dengiziga Amudaryodan yiliga 100 mln. t turli
kimyoviy tarkibga ega bo‗lgan oqiziqlar kelib tushadi.
Sel ta‘sirida ham