Chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‗yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‗rinlarda — Respublika komissiyasi) 13-ilovaga* muvofiq tashkil qilinib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: - chiqindilarni yig‗ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‗mish va
realizatsiya qilish tizimini, shu jumladan, tadbirkorlik sub‘ektlarini keng jalb etgan
holda rivojlantirish, ularning faoliyatini rag‗batlantirish yo‗li orqali chiqindilar
bilan bog‗liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi to‗liq sikl qamrab olinishini
ta‘minlash;
-davlat va xo‗jalik boshqaruvi respublika organlari, shuningdek, mahalliy
davlat boshqaruvi organlari miqyosida mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan
tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlari o‗z
vaqtida va sifatli bajarilishi bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirib, ularning amalga
oshirilishini monitoring qilish;
-chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish
bo‗yicha mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan tadbirlar, manzilli dasturlar,
investitsiya loyihalari va prognoz parametrlarini amalga oshirish jarayonini har
chorakda ko‗rib chiqish.
Respublika komissiyasiga, zarurat tug‗ilganda, mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz parametrlarining yig‗ma va manzilli parametrlariga o‗zgartishlar kiritish huquqi berildi. Qarorga muvofiq, Respublika komissiyasi bir oy muddatda: -Chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish
va takomillashtirish bo‗yicha Respublika komissiyasi to‗g‗risidagi Nizomni;
-mazkur qarorning 5 — 12-ilovalariga muvofiq amalga oshirilishi nazarda
tutilgan chora-tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha ―Yo‗l xaritalari‖ni
tasdiqlandi.