Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
227
XI.2.1-rasm. Tuproq eroziyasi va jarning hosil bo‗lishi.
Deflyatsiya
– yer yuzasidagi tuproq va jinslar (quruq
va kichik
zarrachalar)ning shamol ta‘sirida yemirilib, uchirilib boshqa joylarga ko‗chishidir.
Shamol ta‘sirida tuproqning chirindili ustki unumdor qismi, ba‘zan esa
haydalgan qismi butunlay uchirib ketiladi. Natijada tuproq tarkibida o‗simlikning
o‗sishi
uchun zarur elimentlar kamayib, tuproq unumdorligi keskin pasayadi va
ekin uchun yaroqsiz bo‗lib qoladi. Ba‘zan esa shamol ta‘sirida
tuproqning ustki
qismi uchrilib, ekilgan nihollarning ildizi ochilib qoladi.
Tuproqning shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashishi joyning tabiiy geografik
xususiyatiga bog‘liq bo‗lib,
quruq iqlimli, tarkibida nam kam,
qumoq va
zarrachalarining diametri 1 mm dan kichik bo‗lgan tuproqlarda vujudga keladi.
Shuning uchun tuproqning shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashishi Yer sharining
quruq
iqlimli mintaqalarida, xususan Markaziy Osiyo mintaqasining tekistlik
qismida ko‗proq vujudga keladi. Ushbu hodisa yilning
barcha fasllarida sodir
bo‗lishi mumkin. Ammo bahor faslida yerning ustki qismi yumshoq bo‗lib,
ekinlarning ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmagan paytida,
ayniqsa shamol tezligi
15-20 m/sek. bo‗lganda o‗simliklar ko‗proq nobud bo‗ladi.
Ma‘lum hududda kuchli shamollar esib tursa, tuproq tarkibida chirindilarning
miqdori kam bo‗lsa, yerlar yoppasiga haydalsa, yaylovlardan rejasiz va samarasiz
foydalanilsa, chorva mollarini surunkasiga bir joyda boqish hollari tuproqning
shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashining asosiy sabablari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: