Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
224
XIV Bob. Litosfera. Tuproq degradatsiyasi.
Litosfera
(litos-tosh, sfera-shar, qobiq)
deganda yerning 30-80 km.
qalinlikdagi qattiq qobig‘i tushuniladi.
Jamiyat rivojlanadigan asos
–
Yer po‗stida, mikroorganizmlar 3-5 km
chuqurlikkacha uchraydi. Yer usti va yer osti hozirda faol o‗zlashtirilgan.
Hozirda litosferada yer osti qazilmalari 10 km.gacha bo‗lgan chuqurliklardan
olinishi mumkin. XXI asrga kelib insoniyat litosferaga mislsiz ta‘sir ko‗rsatmoqda.
Shaharlar ostida yer osti shaharlari bunyod qilingan, chiqindixonalar,
omborxonalar mavjuddir. Yer ostida yadro quroli sinovlari o‗tkaziladi.
Yer resurslari insonlar hayotida hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Yer
–
insonlar
bevosita
yashaydigan asos, qishloq ho‗jalik mahsulotlari etishtiriladigan zamin
hisoblanadi.
XIV.1. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli.
Quruqlikning umumiy maydoni 148000 mln.ga ni tashkil qiladi. Shundan
4060 mln.ga 28%) ni o‗rmonlar, 2600 mln.ga (17%) ni o‗tloq va yaylovlar, 1450
mln.ga (10%) haydaladigan yerlar va 6690 mln.ga (45%)ni
–
cho‗l, chala cho‗llar,
muzliklar, shahar, qishloqlar yerlari va boshqa maqsadda foydalanadigan yerlardir
(XIV.1.1-rasm). Sayyoramizda dehqonchilik maqsadlarida
ishlatiladigan yerlar
–
mavjud yerlar hududining 10%ni tashkil qiladi va dunyo aholisi jon boshiga 0,4 ga
dan to‗g‘ri keladi. Yer yuzasining ustki g‘ovak, unumdor qatlami
Dostları ilə paylaş: