Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
 
Qaytarish usuli:
 
Oqova suvni qaytarish usulida tozalash 

suvda tez 
qaytariluvchi moddalar uchraganda qo‗llaniladi. Bu usul oqova suvdan 
simob, xrom, mish‘yak moddalarini ajratish uchun keng qo‗llaniladi va ular 
tindirish, filtrlash yoki flotatsiya usullari yordamida suvdan ajratiladi. 
Suvda simobning organik birikmalari uchrasa, avval organik modda 
parchalanadi, so‗ng simob kationlari metall holigacha qaytariladi.
Oqova suvlarni olti valentlik xromdan tozalash uchun u avval qaytarish 
jarayoni asosida uch valentlikka o‗tkaziladi, keyin xrom gidrooksidini ishqoriy 
muhitda cho‗ktirish amalga oshiriladi. Bunda qaytaruvchi sifatida aktivlangan 
ko‗mir, temir sulfat, natriy bisulfat, vodorod, oltingugurt dioksidi, pirit kuli va shu 
kabilar qo‗llaniladi. Amalda ko‗pincha natriy gidrosulfat (bisulfit) ishlatiladi.
Biokimyoviy tozalash usullari. 
Biokimyoviy tozalash usuli oqova suvdagi 
erigan ko‗plab organik va ba‘zi noorganik (sulfidlar, H
2
S, NH
3
,
 
nitritlar va 
boshqalar) 
birikmalarni 
mikroorganizmlar 
yordamida 
o‗zlashtirib 
zararsizlantirishdir.
Biokimyoviy tozalashga yuboriladigan oqova suvlar BPK va XPK 
kattaliklari bilan xarakterlanadi. BPK 

bu oqova suvdagi 1 mg organizm 
birikmalarining ma‘lum vaqt chegarasida (2, 5, 8, 10, 20 sutka) bioximik 
oksidlanishiga sarf bo‗ladigan kislorodning mg.dagi miqdorini ko‗rsatadi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
219 
Masalan: BPK
5

bu 5 sutkada biokimyoviy oksidlanishga kerak bo‗ladigan 
kislorodning miqdorini bildiradi. XPK 

bu suvda mavjud bo‗lgan barcha 
qaytaruvchilarning kimyoviy oksidlanishiga kerak bo‗lgan kislorodning miqdorini 
bildiradi. Organik moddalar bilan to‗qnashgan mikroorganizmlar ularni qisman 
parchalab suvga, C0
2
ga va biomassaga aylantiradi va bu jarayon 
biokimyoviy 
oksidlanish
deb ataladi.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin