Organik kimyo- uglerod birikmalari kimyosidir. Organik kimyo- uglevodorodlar va ularning hosilalari kimyosi deb ta‘rif berish ham mumkin. Organik kimyo mustaqil fan sifatida X1X asr boshlarida ajralib chiqdi.
Bunga asosiy sabablar: 1.Uglerod birikmalari, ya‘ni organik birikmalar sonini ko’pligi (7 milliondan ortiq) Vaholanki, uglerod elementidan tashari 107 element birikmalari 1 millionga yaqin. Hozirda bir yilda 200 mingdan ortiq yangi organik modda sintez qilinmoqda. Organik birikmalarning ko’p bo’lishligiga sababni, uglerod atomi o’zaro bir-biri bilan birikib uzun zanjir hosil qilishi, izomeriya xodisasi, hamda tirik tabiat bilan bog’liqligi bilan tushuntiriladi.