XIX asrning boshlari minglab organik moddalarning kashf etilishi va sintez qilinishi davri bo’ldi. Ammo moddalardagi kimyoviy o’zgarishlarni va qonuniyatlarni asoslab beruvchi nazariyaning yo’qligi organik kimyoning yanada rivojlanishiga to’sqinlik qildi.
С6Н5-С olishga muvaffaq bo’ldi va Cl ularning tarkibida o’zgarmaydigan S6N5-SO gruppaning borligini aniqladi.
Ko’pchilik kimyogarlar organik moddalar reaktsiyaga kirishish jarayonida boshqa moddalarga aylanganida, ularning molekulalaridagi ma‘lum bir atomlar gruppalarining o’zgarmasligini kuzatadilar.
Masalan: [О] О [О] О
СН3-СН2ОН СН3-С СН3-С
etil spirti sirka aldegidi Н sirka kislota ОН reaktsiyada “СН3” gruppa o’zgarmay qoladi. Bunday atomlar gruppasi “radikallar”
deyilib, organik moddalar radikallardan tashkil topgan degan fikr paydo bo’ldi. Shu tufayli, o’z kuzatishlariga asoslangan xolda 1815 yilda L.Gey-Lyussak, 1823 yilda F.Vyoler va 1832 yilda Yu.Libix organik moddalarni bir sistemaga solish maqsadida “radikallar nazariyasini” ilgari surdilar. Bu nazariyaga ko’ra radikallar organik moddalarda atom vazifasini bajarib,
Xech qanday kimyoviy o’zgarishlarga uchramaydi. ¤sha vaqtda organik birikmalarning radikallarga qarab gruppalarga ajratilishi kimyoning bir oz bo’lsada rivojlanishiga yo’l ochib berdi. Ammo radikallar nazariyasi uzoqqa bormadi, chunki uning tarafdorlari molekulaning Ammo radikallar nazariyasi uzoqqa bormadi, chunki uning tarafdorlari molekulaning
tuzilishidagi tutgan o’rnini isbotlay olmadilar, keyinchalik radikallardagi vodorod atomlarining reaktsiyaga kirishishi mumkinligi isbotlangandan so’ng, bu nazariya o’z kuchini yo’qotdi.
Organik kimyoning rivojlanishi bilan 1840 - 1854 yillarda radikallar nazariyasining o’rniga tiplar nazariyasi vujudga keldi. Bu nazariyaning tarafdorlari J.Dyuma, Sh.Jerar, A.Kekule va boshqalar organik moddalarning tuzilishini tajriba yo’li bilan aniqlab bo’lmaydi, ularni faqat molekulalarning reaktsiya natijasida o’zgaradigan qismiga qarab tiplarga bo’lish mumkin,- degan fikrni ilgari surdilar. Tiplar nazariyasiga ko’ra organik moddalarning tuzilishi va organik moddalarning tuzilishi va xossalari anorganik birikmalarnikiga o’xshash bo’lib, ulardagi faqat bir yoki bir necha vodorod atomining o’rniga radikallarning almashinishi natijasida yangi organik moddalar xosil bo’ladi.