XIII Bob. Oqova suvlarni tozalash usullari. XIII.1. Oqova suvlarni qayta ishlash (tozalash)ning asosiy usullari. Oqova suvlarning har bir guruhiga o‗ziga xos tozalash usullari mavjud bo‗lib, ular quyidagi guruhlarga bo‗linadi : - mexanik tozalash usullari (tindirish, filtrlash, tsentrfugalash); - fizik-kimyoviy usullar; - kimyoviy usullar; - biokimyoviy usullar – tirik organizmlarning organik ifloslantiruvchi moddalarning ozuqa sifatida iste‘mol qilishiga asoslangandir. Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga bo‗linadi: a)regenerativ usullar – ifloslantiruvchi
moddalarni suvdan ajratib olib ularni qayta
ishlatishga asoslangan ;
b)destruktiv usullar esa ifloslantiruvchi
strukturasini buzib yuborib zararsizlantirishga
asoslangandir.
Fizik-kimyoviy usullar . Ushbu usulda
oqova
suvlar
koagulatsiya, flotatsiya, adsorbtsiya, ion almashish, ekstraktsiya, rektifikatsiya, bug‘lantirish, distillatsiya, kristallizatsiya, desorbtsiya va
shu
kabi
jarayonlar asosida tozalanadi. Bu usullar oqova
suvdagi erigan mineral, organik va gaz
birikmalarini ajratishda, hamda juda mayda
dispers suzib yuruvchi zarrali moddalarni
ajratishda qo‗llaniladi. (4-Ilova).
Fizik-kimyoviy usullar biokimyoviy usullarga nisbatan qator afzalliklarga ega: 1)Oqova suvdan biokimyoviy oksidlanmaydigan organik zaharli chiqindilarni tozalash imkonining borligi; 2) Tozalashni chuqur va muqim olib borish mumkinligi; 3)Tozalash inshootlarining o‗lchamini kichikligi; 4) Tozalash jarayonlarini to‗liq avtomatlashtirish imkoni borligi; 5)Oqova suv tarkibidagi turli moddalarni rekuperatsiya qilish mumkinligi; 6)Jarayonning to‗liq o‗rganilganligi va shuning natijasida modellashtirish, matematik hisoblarni amalga oshirish hamda apparatlarni to‗g‘ri tanlash imkoni borligi; 7) Usul tirik organizmlarning faoliyati bilan bog‘liq emasligi ;
―Suv va suvdan foy
dalanish to‘g‘risida‖gi