―Atrof-muhit va rivojlanish‖ga doir konferentsiyasi (AMRK) Rio-92
Konferentsiyasida qabul qilingan muhim hujjat
―XXI asr kun tartibi‖ dir. Ushbu
yuz yillik dastur
4 bo‗lim ,
4 bob va umumiy hajmi
300 varaq dan ortiq kapital
xalqaro hujjatdir. Unda 2000 yil va undan keyingi yuz yil ichida, Konferentsiyada,
taklif etilgan takliflardan kelib chiqqan holda, qo‗yilgan maqsadga erishish uchun
atrof-muhit muhofazasi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasida barcha insoniyat
kuch va g‘ayratining asosiy yo‗nalishi batafsil va atroflitcha ta‘riflangan. Uning
har bir bobida atrof-muhit muhofazasiga doir o‗rtaga tashlangan savollarni yechish
yo‗llari va rivojlanish sohalari ko‗rsatilgan.
Yoxannesburg Sammiti - barqaror rivojlanishning globallashuvi. ―Atrof-muhit va rivojlanish‖ Konferentsiyasining 10 yilligini sarhisob qilish
maqsadida, ya‘ni ―Rio-10‖dan so‗ng, 2002 yilning 26 avgustidan to 4
sentabrigacha Janubiy Afrika Respublikasining
Yoxannesburg shahrida BMTning ―Barqaror rivojlanish‖ rukni ostida Butunjahon Sammiti (BRBS) bo‗lib o‗tdi. Rio-92 (AMRK)dan farqli o‗laroq ushbu Sammit davlatlar va xalqaro
hamjamiyatning barqaror rivojlanishiga doir jiddiy va dolzarb masalalarni
muhokama qilish va ularning echimini topishga intilish uchun chaqirilgan edi.
Sammitda ijtimoiy hayotning ekologik muammolari davlat va mintaqalarning bir
maromda rivojlanishida, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mo‗‘tadilligini ta‘minlovchi
eng muhim elementi sifatida ko‗rib chiqildi.
Butunjahon Sammiti ning boshqa
shunga o‗xshash uchrashuvlardan farqi shunda ediki, unda ishtirok etayotgan
davlatlar va hukumat boshliqlari, nodavlat va xalqaro tashkilotlari, sanoat va
biznes vakillarining ko‗pligi va xilma-xilligidir. Markaziy Osiyo davlatlaridan