Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
Butunjahon Sammiti
qarorlarini bajarish rejasi, printsiplari barqaror 
rivojlanishning 3 tarkibiy qismi: 
iqtisodiy o‗sish, ijtimoiy rivojlanish va atrof-
muhit muhofazasi 
talablariga javob beradi. Barqaror rivojlanishning asosiy 
vazifalari va talablari quyidagilar: 
-
qashshoqlikni yo‗qotish; 

ishlab chiqarish va iste‘mol qilishning barqaror bo‗lmagan modellarini 
o‗zgartirish; 

iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning tabiiy resurslar bazasini muhofaza 
qilish va undan oqilona foydalanish.
XVIII.3.
Barqaror rivojlanish kontseptsiyasi. 
Barqaror rivojlanish 
kontseptsiyasining vujudga kelishi bevosita insoniyat tarixining rivoji bilan 
bog‘liq. Tamaddun rivojlanishi jarayonida insoniyat oldida bir necha marotaba 
global xarakterga ega bo‗lgan muammolar vujudga kelgan. Ammo ularning 
barchasi XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‗lgan bugungi global 
muammolardan farq qilardi. 1955 yili dunyoning yirik shaharlarida zaharli 
gazlardan o‗lim holatlarining ko‗payishi hamda atmosferaning ifloslanishiga 
bag‘ishlangan birinchi xalqaro konferentsiya o‗tkazildi. Ammo muvofqlashtirish, 
xalqaro darajada kelishuvning yo‗qligi, biznes va atrof-muhit muhofazasi 
borasidagi vazifalarning bir biriga to‗g‘ri kelmasligi xalqaro miqyosda ekologik 
kuchlarni to‗liq ishga solish imkonini bermas edi.
2014 yilning iyulь oyida BMT Bosh Assambleyasining Barqaror rivojlanish 
maqsadlari bo‗yicha ishchi guruhi barqaror rivojlanishga erishish yo‗lida iqtisodiy, 
ijtimoiy, ekologik masalalarni hal qilishga qaratilgan hujjatni imzoladi
75
. Hujjatda 
ko‗rsatib o‗tilgan 
17 ta maqsad
butun dunyoda qashshoqlikni bartaraf etish, 
tengsizlikni oldini olish, sayyoramizni ishlab chiqarishning salbiy oqibatlaridan 
saqlash va Ming yillik rivojlanish maqsadlarini modernizatsiyalashni o‗z oldiga 
qo‗ygan edi.
 
75
Цели в области устойчивого развития. http://www.un.org/sustainabledevelopment/ru 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
269 
1960-yillarning boshlarida ko‗pchilik odamlar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish va atrof muhit holati bilan o‗zaro 
bog‘liqlikni tushunib yeta boshladilar. Ilk marotaba biolog 
Reychel Karson atrof-muhit ifloslanishi ma‘lum chegaraga 
egaligi, undan ortsa tabiiy muhit inqirozga yuz tutishi
mumkinligini asoslab berdi. 
2015 yil 23 yanvar kuni BMTning Bosh kotibi Pan Gi Mun Davos shahrida 
bo‗lib o‗tgan Butunjahon iqtisodiyot forumida so‗zga chiqib, mamlakatlarni
barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadini tezroq amalga oshirishga chaqirdi. O‗z 
so‗zini Bosh kotib quyidagi so‗zlar bilan yakunladi: ―Kelinglar o‗z oldimizga 
ulkan maqsadlar qo‗yib, ularni birgalikda amalga oshiraylik. Men har biringizni 
shunga chaqiraman: 2015 yilni qattiy harakatlar yili qilaylik!‖. 
2015 yil 25 sentyabrda Nyu-Yorkda BMTning 193 ta a‘zo mamlakatlari 
2015 yildan keyin amalga oshiriladigan harakatlar borasida barqaror rivojlanish 
sohasida ―Kun tartibi‖ni qabul qilishdi. Bashoratlarga ko‗ra mazkur dastur 
qashshoqlik 2030 yilga kelib bartaraf etiladi va barqaror kelajak quriladi.
Yangi maqsadlar va yangi vazifalar kompleks va ajralmas xarakterga ega 
bo‗lib, uning markazida barqaror rivojlanishning uch tamoyili–iqtisodiy o‗sish, 
ijtimoiy taraqqiyot va atrof-muhit muhofazasini chambarchas bog‘lovchi va 
barchani, ayniqsa ayollar, bolalar, yoshlar va kelajak avlodning farovonligini 
ta‘minlashga qaratilgan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) va ularga 
biriktirilgan 169 ta vazifa turadi
76


Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin