Toshkent 2020 yil


Sayyoraviy geoekologik muammolar, ularning oqibatlari va oldini olish



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Sayyoraviy geoekologik muammolar, ularning oqibatlari va oldini olish 
tadbirlari. 
Yuqorida qayd etilgan keskin muammolardan biri sayyorviy 
geoekologik muammolardir. Geoekologik muammolarning aynan, ushbu turining 
o‗ziga xos xususiyati Yer yuzidagi barcha insonlarga taalluqli ekanligidir. Inson 
tomonidan chiqarilgan chiqindilarning bir qismi atmosferada, bir qismi okeanlarda 
to‗planmoqda, ya‘ni chiqindilar izsiz yo‗qolmaydi.
Endi ular umumbashariyat hayotiga xavf tug‘dirmoqda. Shu tufayli ham 
sayyoraviy geoekologik muammolarning mohiyatini bilish, ularni bartaraf qilish 
yo‗llarini izlash va zudlik bilan amalga oshirish barcha mamlakatlar oldidagi 
echimini kutayotgan bosh masala bo‗lmog‘i darkor. 
XVIII.5. Monitoring. 
Insoniyat tarixi – tabiat va hayot haqidagi oddiy 
tasavvurlardan, cheklangan ehtiyoj‘lardan murakkab ma‘naviy faoliyat 
darajasigacha o‗sish jarayonini o‗z ichiga oladi. Insoniyat tsvilizatsiyasining 
boshlanishida ma‘naviyat bir paytning o‗zida insonning qorishma tafakkuri 
hosilasi hamda sababi tarzida ko‗zga tashlanadi. 
Odamzod yer, suv, havo hamda quyoshni bevosita his qilishdan asta sekin 
―Tabiat nima?‖, ―Hayot nima?‖, ―O‗lim nima?‖, ―Odamning mohiyati nimada?‖, 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
274 
―Koinot nima o‗zi?‖ kabi murakkab savollar tomon taraqqiy etdi. Qorong‘ulikdan 
yorug‘likka chiqqanday, bilimsizlikdan ma‘rifat sari, dunyo haqidagi tasavvurlar 
hamda tushunchalar tomon siljish – ma‘naviyat yo‗lini qanchalik uzun va uzluksiz 
ekanligidan dalolat beradi
77
.
Tabiat va koinot inson idrok etolmagan sir-sinoatlar uni ojizligini his 
qilishlariga undar, biroq ular bilan bo‗lajak ruhiy muloqotlar ilinji unda, kuch va 
ishonch tuyg‘usini uyg‘otar edi. Ibtidoiy odamlar dunyoni chuqur bilishdan avval 
umuman ―ko‗rish‖ni, ―idrok etish‖ni afzal bilganlar. Odamzod hali insoniyat bo‗lib 
shakllanmagan, tabiat – tabiatligicha, odam o‗zicha, koinot sirligicha va tabiatdan 
odamzod, odamzoddan tabiat ajralmagan zamonlar edi. Bunga qadim-qadim 
zamonlarda yashab o‗tgan ajdodlarimiz dini, san‘ati va osori atiqalari isbotlab 
beradi. Vaqtlar o‗tgani sayn, ajdodlarimiz tabiatni kuzatib, qonunlarini tushinib 
yetdi va ozlarining olib borgan kuzatishlari natijalariga qarab, bashorat qila olish 
darajasiga yetganlar.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin