Ekologik-texnogen tavsifnomalarga quyidagilar kiradi: 1. Chiqindisiz va kamchiqindili, resurslar va energiya tejovchi texnologik
echimlarning sxemalari;
2. Havoga va suvga tashlangan chiqindilarni tozalash tizimlarining sxemalari;
3. Chiqindilarni tashlash usullari va ularni qayta ishlash sxemalari va
prinsiplari;
4. Ishlatish muxlatini o‗tab bo‗lgan asbob-uskunalar va jihozlarni
zararsizlantirish prinsiplari va sxemalari;
5. Zararli modlalarni chiqarib tashlash bilan bog‘liq. bo‗lgan avariya holatlari,
kelib chiqish sabablari, zararli moddalarning massasi va hajmi, avariya
holatlarining oqibatlarini tugatish usullari va sxemalari;
6. Chiqindilarning hajmi, tarkibi va konsentrasiyalari, issiqlik va elektr
energiyasining mahsulot birligiga sarflangan miqdori, tabiiy resurslarning
solishtirma o‗lchami yoki narxi, metall-material, sarflangan energiyaning hajmi,
yoqilg‘i sarfi, yuk ko‗tarish qobiliyatini me‘yoriy parametrlar bilan taqqoslangan
hisoblari;
7. Yangi moddalar va materiallarning texnogen tavsifnomalari, biologik
omillarning tavsifnomalari, yangi moddalar va materiallarning xavflilik darajalari,
biochidamliliklari, portlash xavfi, xavflilik darajasining hisoblangan qiymatlari va
ularning me‘yoriy qiymatlari bilan taqqoslanishi, yangi materiallarni ekspluatasiya
qilish, saqlash muddatlari , ekologik-texnologik tavsifnomalari, yangi materiallarni
yaratishda qo‗llaniladigan chiqindisiz va kamchiqindili, resurs va energiya tejovchi
texnologik yechimlarning ishlash prinsiplari va sxemalari, yangi materiallarni
qayta ishlash yoki foydalanish muhlatini o‗tab bo‗lgandan keyin ularni
zararsizlantirish va saqlash usullari, bir joydan ikkinchi joyga uzatish paytidagi
ekologik xavfsizlik chora-tadbirlari;
8. Yangi materiallarni ishlab chiqishni ta‘minlovchi yangi texnika va
texnologiyalarning atrof-muhitga salbiy ta‘sirini oldini oluvchi tadbirlarga
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
281
qaratilgan sarf-harajatlar, shuningdek, materiallarning antropogen ta‘sirini
kamaytirishning ekologik tadbirlari va ularni iqtisodiy zarar bilan taqqoslash.