DEEni o‗tkazishda xo‗jalik faoliyati loyihasining va boshqa hujjatning buyurtmachisi va ularni ishlab chiquvchilari quyidagilarni ta‘minlashi shart: 1. Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarning to‗liq komplektini.
2. DEE ni o‗tkazish uchun belgilangan tartibga haq to‗lashni.
3. Ekspertiza o‗tkazilayotgan organ talabiga binoan, ekspert komissiyasi
(guruhi) ning ishlashi uchun zaruriy qo‗shimcha axborot berishni ta‘minlashi shart.
Ekspert komissiyasi (guruhi) 2 masalaga javob beradi:
1. Ekspertizaga berilgan hujjatlarni o‗z vaqtida va sifatli ko‗rib chiqish,
yakuniy xulosani tayyorlash, xulosa va takliflarning asosligiga javob beradi.
2. Ekologik ekspertizani o‗tkazish me‘yorlari va qoidalariga rioya qilinishiga
mas‘ul hisoblanadi.
DEE ni o‗tkazuvchi ekspert organ quyidagilar uchun javob beradi. 1. Ekspert komissiyasi (guruhi)ni tuzish, ekspert-mutaxassislarni tanlash,
ularning mehnatini to‗g‘ri tashkil etish.
2. Ko‗rib chiqilayotgan xo‗jalik faoliyati loyihasi amalga oshirilishi
mo‗ljallanayotgan hududning atrof-muhiti holati to‗g‘risidagi ma‘lumotlar bilan
ekspertlarni ta‘minlash.
3. Ekspertiza o‗tkazishning oshkoraligini ta‘minlash, ko‗rilayotgan xo‗jalik
faoliyati loyihasini ekspertlar tomonidan ob‘ektiv ravishda baholash uchun etarli
shart-sharoitlar yaratish.
4. DEEni o‗tkazishda me‘yorlar va qoidalarga to‗la rioya qilishni ta‘minlash.
5. Ekspertlar mehnatiga o‗z vaqtida haq to‗lash.
Ekspert komissiyasi (guruhi) – bu konkret xo‗jalik faoliyatini DEE o‗tkazish
uchun vaqtincha tuzilgan mutaxassislar jamoasidir (shtatsiz ekspertlar).
O‗zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi tizimidati
ekspert bo‗limi zimmasiga DEE o‗tkazish vazifasi yuklangan. Bu bo‗lim ekspert
guruhini tuzadi, uning ishini tashkil qiladi va shtatsiz ekspertlarning mehnatiga haq
to‗laydi.
Ekspert guruhlarning soni va shaxsiy tarkibi DEE ga taqdim etilgan
hujjatlarning xususiyati va murakkabligi bilan aniqlanadi.
Ekspert komissiyasi (guruhi) ni tuzishda va uning ish faoliyatini tashkil
qilishda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1. Ekspert komissiyasining malaka saviyasiga.
2. DEE ning yuqori saviyada sifatli o‗tkazishga.
3. Ekspert bahosiga va ekspert komissiyasi (guruhi) xulosalarining sifatiga.
4. DEE ni o‗tkazish va uning natijalarining oshkoraligiga. Ekspert
komissiyasi (guruhi)ning tarkibi shtatsiz ekspertlardan iborat bo‗ladi. Uning ishiga
respublika
ilmiy-tekshirish
institutlardan,
vazirliklardan,
muassasa
va
tashkilotlardan, tarmoq ilmiy-tekshirish va loyihalash institutlaridan olimlar,
mutaxassislar, iqtisodchi va huquqshunoslar va muhandis-texnologlar jalb qilinishi
mumkin.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
284
Ekspert komissiyasi (guruhi)ning shaxsiy tarkibi Bosh Davlat Ekspertiza
boshlig‘i yoki uning o‗rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.