Toshkent 2020 yil


Shuni alohida ta‘kidlash joizki, ekspert komissiyasi tarkibiga quyidagi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Shuni alohida ta‘kidlash joizki, ekspert komissiyasi tarkibiga quyidagi 
mutaxassislarni jalb qilish ta‘qiqlanadi: 
1. Agar mutaxassisning shaxsiy roziligi bo‗lmasa. 
2. Agar mutaxassis ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarni tayyorlashda 
qatnashgan bo‗lsa. 
3. Agar mutaxassis ko‗rilayotgan loyiha bo‗yicha oldin matbuotda o‗z fikrini 
bayon etgan bo‗lsa. 
Bundan tashqari, mutaxassisning shtatsiz ekspert sifatida faoliyat 
ko‗rsatilishi ekspert komissiyasi (guruhi) ni tuzish to‗g‘risidagi qaror qabul 
qilingan kundan boshlanadi va tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq olib boriladi. 
DEE ni o‗tkazishda shtatsiz ekspert asosiy ishidan ajralmagan holda, o‗ziga qulay 
vaqtda qatnashadi. Uning faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak. 
Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ishini tashkil qilish mas‘uliyati DEE ni 
o‗tkazuvchi ekspert bo‗limi boshlig‘i va ekspert komissiyasi vakiliga yuklanadi. 
Ekspert komissiyasi ishini uning vakili boshqaradi. 
Uning vakolatiga quyidagilar 
kiradi: 
1. DEE ni o‗tkazish rejasini va dasturini muvofiqlashtiradi. 
2. Ekspertiza jarayonida qo‗shimcha ekspertlar yoki maslahatchilar jalb etish 
ehtiyojini aniqlaydi. 
3. Ekspert komissiyasi (guruhi) ni majlisini o‗tkazadi. 
4. DEEni o‗gkazish jarayonida vujudga kelgan kelishmovchiliklarni ko‗rib 
chiqadi. 
6. Ehtiyoj tug‘ilganda ekspert bo‗limi rahbariyatiga ekspertizani o‗tkazish 
muddatini, uning yo‗nalishlarini o‗zgartirish yoki ekspertizani muldatidan oldin 
to‗xtatish haqida takliflar kiritadi. 
6. Ekspert komissiyasining vakili ekspert komissiyasi (guruhi) ning yakuniy 
xulosasini tayyorlashda bevosita qatnashadi. 
7. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ish natijalari haqida Bosh Davlat 
Ekspertiza rahbariyatiga, kollegiyaga, EDD kengashiga axborot beradi. 
Ekspert komissiyasi ish boshlagunga qadar, barcha shtatsiz ekspertlar DEE ni 
o‗tkazishning asosiy prinsiplari, yo‗nalishlari va DEE ni tashkil qilish bo‗yicha 
amaldagi yo‗riqnoma-uslubiy hujjatlar bilan tanishgan bo‗lishlari shart. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin