Toshkent 2020 yil


Davlyat ekologik ekspertizasini tashkil qilish, o‗tkazish, hujjatlarga



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
Davlyat ekologik ekspertizasini tashkil qilish, o‗tkazish, hujjatlarga 
bo‗lgan talablar va uning xulosalari. 
Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) 
‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi‖ tizimidagi ekspert-
mutaxassislari yoki olimlar, mutaxassislar va jamoatchilik vakillaridan tashkil 
etilgan ekspert guruhlari yordamida o‗tkaziladi. 
Ekspertizani o‗tkazish muddati materiallarning to‗liq komplekti topshirilgan 
kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak. 
DEE ni o‗gkazish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu 
jarayon 3 bosqichdan iborat: 
1. Tayyorlov bosqichi. 
2. Asosiy bosqich. 
3. Yakunlovchi bosqich. 
Tayyorlov bosqichida
‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‗mitasi‖ tizimidagia ekspertlar tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
1. Ekspertizaga tavsiya kilingan hujjatlarning tarkibi qo‗yilgan talablarga mos 
kelish-kelmasligi tekshiriladi. 
2. Ekstartizaning vazifalari, yo‗nalishlari va chegaralari ta‘riflanadi. 
Ekspertizaning shakli va o‗tkazish usuli aniqlanadi. 
3. Ekspertizaning asosiy yo‗nalishlari bo‗yicha mutaxassislardan shtatdan 
tashqari ekspert komissiyasi – guruhlari tuziladi. Uning a‘zolari o‗rtasida vazifalar 
taqsimlanadi, ish grafigi tuziladi, kerakli hujjatlar rasmiylashtiriladi. 
Asosiy bosqichda
esa, ekspertizaga tavsiya etilgan hujjatlar ko‗rib chiqiladi va 
tekshiriladi. 
Unda quyidagilar inobatga olinadi: 
1. Mazkur xo‗jalik faoliyati turini amalga oshirishga bo‗lgan ehtiyojning 
asoslanishi, uni amalga joriy etish usulini tanlash, tavsiya qilinayotgan texnik-
muhandislik va arxitektura-rejaviy echimlarning afzalliklari, material, xom ashyo 
va energetik resurslardan foydalanishning majmuasi va samaradorligi. 
2. Aniqlangan ta‘sir omillarining to‗liqligi va ularning xavflilik darajalari, 
xo‗jalik faoliyatining atrof-muhitga ta‘sir qilish ehtimoli masshtablari. 
3. Tabiatni muhofaza qilish qonuniyatlari talablarini ta‘minlashga, 
shuningdek, avariya holatlarini oldini olish (ogohlantirish) va ularning oqibatlarini 
tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarning etarliligi. 
4. Mazkur xo‗jalik faoliyatining ekologik xavfsizligi va atrof-muhitning sifat 
me‘yorlari ta‘minlanishining foydalanishga tavsiya qilingan operativ va boshqa xil 
nazorat usullari. 
5. Ishlab chiqariladigan mahsulotning va paydo bo‗lgan chiqindilarning 
ekologik xavflilik darajalarini baholash, shuningdek, ularnn qayta ishlashda 
hududiy kooperasiyani yaratish imkoniyatlari. 
6. Ekspertizani amalga oshirishda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar 
to‗g‘risidagi ma‘lumotlarning mavjudligi inobatga olinadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ekspertizani o‗tkazilgandan keyin har bir 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
282 
yo‗nalish bo‗yicha individual ekspert xulosa va ekspert guruhi (komissiyasi) 
xulosasi tayyorlanadi. 
Agar yangi vazifalar yoki ko‗rib chiqish yo‗nalishlari o‗zgarsa, unda ekspert 
komissiyasi (guruhi) DEE ni tayinlangan organ oldiga ekspertizani o‗tkazish 
muddatini o‗zgartirish, ko‗tarilgan yoki paydo bo‗lgan masalalar bo‗yicha 
qo‗shimcha ekspert-mutaxassislarni jalb qilish masalasini qo‗yishi mumkin. 
Bundan tashqari, agar ekspertizaga tavsiya etilgan hujjatlarda u yoki bu hujjatni 
tayyorlovchilar tomonidan inobatga olinmagan xavfli ta‘sirlar aniqlansa, unda 
loyiha qayta ishlashga qaytariladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin