Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
280
qilish davridagi ekologik oqibatlar (atrof-muhitga ta‘sirini baholash natijalari)
to‗g‘risidagi ma‘lumotnoma.
12. Yangi mahsulotni ishlab chiqayotganda tabiatni muxofaza qilish
me‘yorlariga va talablariga rioya qilinishini nazorat qilish natijalari to‗g‘risidagi
tarmoq xulosalari.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ekologik ekspertizaga topshiriladigan
hujjatlar quyidagi tavsifnomalardan iborat bo‗lishi kerak:
1. Chiqindilar, oqindilar, tashlamalar, ularning turlari, fizikaviy kimyoviy
tarkibi, ularning hajmi, xavflilik darajalari, biologik chidamliligi, portlash
qobiliyatlari va me‘yoriy qiymatlariga nisbatan taqqoslangan moddiy va energetik
balans hisoblari.
2. Me‘yoriy qiymatlar va parametrlarga taqqoslangan shovqin, vibrasiya
(tebranishlar),
elektromagnit
maydon,
ionizasiyalanuvchi
va
issiqlik
nurlanishlarning tirik organizmlar va tuproq qatlamiga ta‘siri, sanitariya himoya
mintaqalari va sanitariya buzilish o‗lchamlarining hisoblangan va tajriba natijalari.
Dostları ilə paylaş: