Yakunlovchi bosqich da ekspert komissiyasi tomonidan ko‗rib chiqilgan
barcha hujjatlar bo‗yicha yakuniy xulosa loyihasi tayyorlanadn. Ushbu yakuniy
xulosa loyihasi buyurtmachi, loyihani ishlab chiqqan tashkilot vakillari,
jamoatchilik vakillari ishtirokida ekspert komissmyasi majlisida muhokama
qilinadi. Ushbu yakuniy xulosa ekspert komissiyasining barcha a‘zolari tomonidan
imzolanadi va ularning roziligisiz o‗zgartirilmaydi.
Yakuniy xulosaga quyidagilar kiritiladi: 1. Amalga oshirishga tavsiya etilayotgan xo‗jalik faoliyatining qisqacha
tavsifi.
2. Tavsiya etilayotgan xo‗jalik yechimining ekspert baholari.
3. Tavsiya etilayotgan loyiha buyicha prinsipial mulohazalar.
4. Loyihani amalga oshirish shartlari va imkoniyatlari (dastur, reja, sxemalar).
5. Loyihani qayta ishlashga yoki qayta qurishga bo‗lgan ehtiyoj.
6. Amalga oshirish uchun muvofiq kelmaydigan omillar.
7. Xulosalar.
Shuni ham e‘tiborga olish kerakki, xulosa va takliflar aniq va tushunarli
ta‘riflanishi lozim. Ekspert komissiyasi a‘zolari tomonidan bildirilgan alohida
fikrlar yakuniy xulosaga ilova qilinadi.
Davlat ekologik ekspertizani o‗tkazayotgan ekspert organi tavsiya etilgan
xo‗jalik faoliyati loyihasi bo‗yicha ekspert komissiyasining yakuniy xulosasini
ko‗rib chiqadi va ―DEE xulosasi‖ ni tayyorlaydi.
DEE xulosasi tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. Ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari
to‗g‘risidagi xulosalar.
2. Qiziquvchi tomonlarning fikr va mulohazalarini ko‗rib chiqish davomida
paydo bo‗lgan takliflar.
3. Qurilayotgan xo‗jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari
bo‗yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalar
kiradi.
―DEE xulosasi‖ O‗zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat
qo‗mitasi ekspert kengashi majlisiga muhokama qilinishi mumkin. Shundan keyin
―DEE xulosasi‖ loyiha buyurtmachisiga va qiziquvchi tashkilotlarga yuboriladi.
Agar ―DEE xulosasi‖ ijobiy baholansa, xo‗jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish
uchun mablag‘ ajratiladi.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
283
Ekspertiza tugagach, hujjatlarning to‗liq komplekti buyurtmachilarga
qaytariladi. Hujjatlarning bir nusxasi ekspertiza o‗tkazgan organ arxivida olib
qolinadi.