Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

―Monitoring‖
atamasi inglizcha so‗z bo‗lib, u 
―kuzatish‖, ―nazorat qilish‖
ma‘nosini bildiradi. Lekin oxirgi yillarda mazkur atamaning lug‘aviy ma‘nosi juda 
keng miqyosda qo‗llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda ―monitoring‖ deganda, ―atrof-
muhitni kuzatish‖, ―nazorat qilish‖, ―uning holatini boshqarish‖, va ―tabiiy muhit 
holatini bashorat qilish‖ tushuniladi. 
Respublikamizda 
tabiiy 
muhit 
monitoringi 
vazifalarini–―O‗zbekiston 
Respublikasi gidrometeriologiya Bosh boshqarmasi‖, ―Davlat o‗rmon xo‗jaligi‖, 
―Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi‖, ―Geologiya davlat qo‗mitasi‖, ―Sog‘liqni 
saqlash vazirligi‖ va shunga o‗xshagan davlat muassasalari bajaradi. 
―Monitoring‖ termini 1972-yil 5-16-iyunda Stokgolm shahrida o‗tkazilgan 
BMTning ―Atrof muhit muammolari bo‗yicha konferensiya‖sida ilmiy
iste‘molga kiritigan.
 
Tabiiy muhit holatini nazorat qilish atrof muhit holatining monitoringi va 
uning sifat ko‗rsatgichlarini (tavsiflarini) geografik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy 
jihatlarini hisobga olgan holda tartibga solishni o‗z ichiga oladi. 
Antropogen ta‘sirning Monotoring qilishda, kimyoviy, fizikaviy va biologik 
manbalarni hamda omillarni, shuningdek, bu omillar tufayli tabiiy muhitda sodir 
bo‗ladigan o‗zgarishlar samarasini kuzatishlarni o‗z ichiga oladi. Birinchi navbatda 
biotizimlarning ta‘sirlanishini kuzatish lozim. Bunday hollarda odatda kimyoviy, 
fizikaviy va biologik ko‗rsatkichlar kuzatib boriladi. 
Monitoring – atrof muhit holatini kuzatish, baholash va bashoratlsh tizimidir. 
Monitoring tizimi quyidagi belgilarga qarab tavsiflanadi: 

monitoring
olib borilayotgan hudud yoki akvatoriyaning maydoniga ko‗ra; 

kuzatish obyekti(atmosfera, okean, tuproq va b.) ga ko‗ra; 

usullariga (bevosita asboblar bilan o‗lchash, masofaviy tasvir, bevosita 
indikatsiya va b.) ko‗ra; 

kuzatish olib borilayotgan samara va jarayon nisbatining darajasiga ko‗ra; 

ta‘sir turlariga (geofizikaviy, biologik, tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, 
ijtimoiy) ko‗ra; 

maqsadlari (muhitning hozirgi holatini aniqlash, atrof muhit tendensiyalarini 
ochib berish, hodisalarni tadqiq qilish, modellarni baholash va bir o‗lchamga 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
276 
keltirish, qisqa muddatli bashorat, uzoq muddatli xulosalar, tadqiqotlar va 
bashoratlarning iqtisodiy samaradorligini optimallashtirish va oshirish, muhitga 
bo‗ladigan ta‘sirlarni nazorat qilib borish)ga ko‗ra. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin