Toshkent 2020 yil


Bizni o‗rab turgan tabiat yoki atrof-muhit monitoringi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Bizni o‗rab turgan tabiat yoki atrof-muhit monitoringi 
– biosferaning 
hozirgi holatini kuzatish va undagi o‗zgarishlarni uzoq vaqt davomida o‗rganish 
hamda baholashni nazarda tutadi. Shuningdek, u –antropogen omillar ta‘sirida 
inson sog‘ligi va boshqa tirik organizmlarning rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi 
jiddiy vaziyatlarning oldini olishni maqsad qilib qo‗ygan.
Monitoring kuzatishlarining hajmidan kelib chiqib, o‗rganilishi ko‗zda 
tutilgan joyning katta-kichikligiga qarab monitoring 3 ga bo‗linadi:
global, 
hududiy va mahalliy. 
Global monitoring – 
sayyoramizda sodir bo‗layotgan jarayonlar va 
antropogen omillarning biosferaga ta‘sirini o‗rganadi. 
Hududiy monitoring
 
– 
o‗z ichiga ma‘lum bir hududda kechayotgan 
jarayonlarni, ularning boshqa hududlardan ko‗ra rivojlanishidagi farqi, 
tabiatning antropogen omillar ta‘sirida o‗zgarib borish kabilarni o‗rganadi. 
Mahalliy monitoring
 
– 
ma‘lum bir hududda tabiiy jarayonlarni kuzatib 
borish va u yerda antropogen omill ta‘siri qay holda ekanligini o‗rganishdan 
iboratdir. 
Monitoring haqida tushuncha: 
XX asrning ikkinchi yarmi (1950 yillari)dan 
boshlab inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta‘siri (antropoten omil) borgan sari 
kuchayib borayotganligini e‘tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish 
zarurati vujudga keldi.
Mazkur kuzatishlar natijasida to‗plangan ma‘lumotlar tabiiy atrof-muhitda 
yuz berayotgan o‗zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon 
berishi nazarda tutiladi. 
Tabiatiiing global ifloslanishi va sanoat hududlaridagi noqulay ekologik 
vaziyat hozirgi kunning olamshumul va jiddiy muammosiga aylanib qoldi. Bu 
77
AVESTO.Tahixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. –‖Sharq‖, 2001. – T.: 384 b 
+16 b.zarv. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
275 
muammoni hal etish nafaqat mutahasislarni balki, keng jamoatchilikning vazifasi 
ekanligini unutmaslik kerak. 
Mazkur masala bo‗yicha samarali bahs-munozaralar olib borish va ta‘sirchan 
chora-tadbirlar ishlab chiqishning eng zaruriy sharti: Atmosfera havosi, suv va 
tuproqdagi maishiy, transport yoki sanoat chiqindilarining turi va 
kontsentratsiyalarini aniq bilishdir. 
Inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta‘siri (antropoten omil) borgan sari 
kuchayib borayotganligini e‘tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish 
zarurati vujudga keldi. Mazkur kuzatishlar natijasida to‗plangan ma‘lumotlar tabiiy 
atrof-muhitda yuz berayotgan o‗zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar 
chiqarishga imkon berishi nazarda tutiladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin